Kuzatuvchi » Siyosiy » YOSHLARNING XALQARO IT-SERTIFIKATLARNI OLISH XARAJATLARINI QOPLAB BERISH BО‘YICHA DAVLAT XIZMATI KО‘RSATILADI

YOSHLARNING XALQARO IT-SERTIFIKATLARNI OLISH XARAJATLARINI QOPLAB BERISH BО‘YICHA DAVLAT XIZMATI KО‘RSATILADI

Hukumat qarori (95-son, 17.02.2024 y.) bilan “Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bо‘yicha davlat xizmatini kо‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlandi.

Unga kо‘ra, ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikat berilgan sanadan 180 kalendar kun mobaynida mazkur sertifikatni olish xarajatlarini qoplab berishni sо‘rab, YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi lozim.

Ariza beruvchining xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizigacha bо‘lgan qismini qoplab berishda ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat talab etilmaydi.

Xalqaro IT-sertifikatlar boshlang‘ich darajada bо‘lganda 30 foiz, о‘rta darajada bо‘lganda 40 foiz hamda professional darajada bо‘lganda 60 foiz miqdorda sarflangan xarajatlar qoplab beriladi.

Ingliz tili bо‘yicha V2 va undan yuqori darajadagi hamda professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatga ega bо‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatlari tо‘liq qoplab beriladi.

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

DA’VO MUDDATI NIMA VA UNI TURLARI

personmaftuna 30-09-24, 12:14
0 DA’VO MUDDATI NIMA VA UNI TURLARI

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 149-moddasiga ko’ra. Da’vo muddati — shaxs o‘zining buzilgan huquqini...

ҚОНУНЛАРНИНГ ИЖТИМОИЙ МУНОСАБАТЛАРНИ ТАРТИБГА СОЛИШДАГИ

personmaftuna 09-03-24, 00:57
0 ҚОНУНЛАРНИНГ ИЖТИМОИЙ МУНОСАБАТЛАРНИ ТАРТИБГА СОЛИШДАГИ РОЛИ ЯНАДА ОШИРИЛАДИ

“Қонунларнинг ижтимоий муносабатларни тартибга солишдаги ролини ҳамда норма ижодкорлиги жараёни сифатини янада ошириш...

АЛИМЕНТ БЎЙИЧА ИШ БЕРУВЧИНИНГ МАЖБУРИЯТИ

personmaftuna 23-03-24, 19:05
0 АЛИМЕНТ БЎЙИЧА ИШ БЕРУВЧИНИНГ МАЖБУРИЯТИ

Оила кодексининг 137-моддаси иш берувчининг (ташкилот маъмуриятининг) алимент ушлаб қолиш мажбурияти деб номланиб, унга...

menu
menu