Kuzatuvchi » Siyosiy » AYRIM JINOYAT PROTSESSI QATNASHCHILARIGA HAQ TO'LASH TARTIBI BELGILANDI

AYRIM JINOYAT PROTSESSI QATNASHCHILARIGA HAQ TO'LASH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (570-son, 28.10.2023-y.) bilan Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to'lanishi lozim bo'lgan mablag'larni hisoblash va to'lash tartibi to'g'risidagi Nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb e'tirof etilgan shaxs bo'lsa, u bilan birgalikda yoki uning o'rniga ishda ishtirok etishga jalb etilgan qonuniy vakiliga haq to'lab beriladi.

Mas'ul organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ishda ishtirok etishga jalb etilgan quyidagi shaxslarga haq to'lab beriladi:

jabrlanuvchilar va ishga ko'maklashuvchi shaxslarga:

ularning doimiy yashash joylaridan tashqaridagi hududlarda o'tkaziladigan prosessual harakatlarni amalga oshirish joyiga kelib-ketish xarajatlari;

turarjoy bilan bog'liq xarajatlari (mehmonxona yoki turarjoy ijarasi);

kundalik xarajatlari;

ekspert, tarjimon, mutaxassisga ishda ishtirok etishda o'z vazifalarini bajarganligi uchun, ushbu vazifalar xizmat topshirig'i tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno;

doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilar va ularning qonuniy vakili, guvohlar va xolislarga ishda ishtirok etishga ularni odatdagi mashg'ulotidan qoldirilganlik (chalg'itganlik) uchun.

Mas'ul organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilingan ishga ko'maklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilarning turarjoy bilan bog'liq xarajatlarini bir kunlik qoplash (mehmonxona yoki turarjoy ijarasi) miqdori BHMning 1,5 baravaridan oshmasligi lozim.

Turarjoyda yashaganligi bo'yicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lmagan hollarda, har bir sutka uchun belgilangan BHMning 20 foizi miqdorida qoplanadi.

Turarjoy ijarasidan foydalanilganda, davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo'yilgan ijara shartnomasi taqdim etiladi.

Ekspert va mutaxassisga mas'ul organlar (mansabdor shaxslar) topshirig'iga ko'ra bajargan ishi uchun soatiga BHMning 0,10 koeffisienti miqdorida haq to'lanadi.

Bir tarjimon tomonidan har bir ko'rsatilgan xizmati uchun alohida to'lov amalga oshiriladi.

Mazkur qoidalar prosessual majburiyatlarni xizmat topshirig'i sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilingan ekspert, mutaxassis va tarjimonga o'z vazifalarini bajarganlik uchun haq to'lashga hamda xizmat safari bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarni qoplab berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

АПОСТИЛЬ НИМА?

personmaftuna 14-02-25, 00:17
0 АПОСТИЛЬ НИМА?

Апостиль - ҳужжатни имзолаган сифатида иш кўрган шахс имзосининг ҳақиқийлигини ва ҳужжатни тасдиқлаган муҳр ёки штамп...

БУХОРО ДАВЛАТ ТЕХНИКА УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

personmaftuna 17-03-25, 10:55
0 БУХОРО ДАВЛАТ ТЕХНИКА УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Бухоро давлат техника университетини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-22-сон, 24.01.2024 й.) қабул...

TA’TILNI NECHA QISMGA BOʻLISH MUMKIN

personmaftuna 28-06-24, 11:38
0 TA’TILNI NECHA QISMGA BOʻLISH MUMKIN

Har yilgi mehnat ta’tilini qismlarga boʻlishga yoʻl qoʻyiladi, ammo faqat хodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga...

menu
menu