ELEKTR ENERGIYASINI ISHLAB CHIQARISH UCHUN ХUSUSIY SEKTOR LITSENZIYA OLISHI LOZIM
Prezident tomonidan 07.08.2024-yildagi “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ 939-son Qonun imzolandi.
Hujjatga koʻra, quyidagilar elektr energiyasi bozorining ishtirokchilaridir:
elektr energiyasi bozori operatori;
ishlab chiqaruvchi;
elektr energiyasini saqlash tizimi operatori;
uzatish tizimi operatori;
markaziy хarid qiluvchi;
treyder;
taqsimlash tizimi operatori;
ta’minotchi;
iste’molchi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish Energetika bozori regulyatori tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Bir nechta elektr stansiyalarida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi har bir elektr stansiyasi uchun alohida litsenziya oladi.
Quyidagi hollarda litsenziya olish talab qilinmaydi:
oʻrnatilgan quvvati 5 MVtdan kam boʻlgan elektr stansiyasida oʻz ehtiyojlari uchun elektr energiyasini ishlab chiqarishda;
yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan elektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishda;
mikroelektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishda.
Elektr stansiyalari davlat mulki yoki хususiy mulk boʻlishi mumkin. Bunda quvvati 5 MVtdan ortiq bulgan gidroelektr stansiyalari va gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyalarining kamida 25% davlat mulki boʻlishi shart.
Elektr energiyasini faqat oʻz ehtiyoji uchun ishlab chiqaruvchilar iste’molchi maqomiga ega hisoblanadi.
Qonun bilan litsenziya asosida yuritiladigan quyidagi faoliyat turlari belgilanmoqda:
elektr energiyasi bozori operatori;
elektr energiyasini ishlab chikarish;
elektr energiyasini saqlash;
elektr energiyasini uzatish;
markaziy хarid qiluvchining vazifalarini bajarish;
elektr energiyasini taksimlash;
elektr energiyasi bilan ta’minlash;
elektr energiyasi savdosi.
Litsenziya olish uchun davlat boji miqdori –BHMni 30 baravari.
Litsenziyasiz faoliyatni amalga oshirganlik uchun jarima BHMni 300 baravarini tashkil etadi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ТРАНСПОРТ ВОСИТАЛАРИНИ ПИЁДАЛАР ЙЎЛАКЛАРИДАН ЮРГИЗГАНЛИК
personmaftuna 03-06-25, 11:31Қонун (ЎРҚ-1055-сон, 10.04.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Унга кўра,...
TADBIRKORLAR TOMONIDAN MOLIYAVIY XIZMATLARDAN FOYDALANISH
personmaftuna 28-04-25, 11:46“Valyutani tartibga solish to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, rezidentlar o'rtasidagi valyuta...
ЮҚОРИ МИҚДОРДАГИ ПЕНСИЯГА ЧИҚИШ УЧУН ИШ СТАЖИ МУҲИММИ ЁКИ
personmaftuna 03-08-24, 02:04Аввало айтиб ўтиш жоизки, пенсия миқдори иш стажига ҳам иш ҳақига ҳам боғлиқ ҳисобланади. Пенсияга чиқиш учун иш стажи...