Kuzatuvchi » Siyosiy » ENERGIYA TEJASH MASALALARI QANDAY TARTIBGA SOLINADI?

ENERGIYA TEJASH MASALALARI QANDAY TARTIBGA SOLINADI?

Prezident 07.08.2024-yildagi "Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-940-sonli Qonunni imzoladi. U 3 oydan keyin kuchga kiradi

Qonun energiyani tejashning asosiy tamoyillari, energiya samaradorligini oshirish standartlari, davlat tomonidan tartibga solish va ushbu sohadagi davlat siyosatining yoʻnalishlarini belgilaydi. 

Hujjatda Vazirlar Mahkamasining vakolatlari koʻzda tutilgan boʻlib, u energiyani tejash sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. 

Energetika vazirligi – maхsus vakolatli davlat organi boʻlib, u davlat dasturlarini ishlab chiqadi, amalga oshiradi va nazorat qiladi, davlat aхborot tizimini yuritadi, energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga koʻmaklashadi. 

Shuningdek, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining energiyani tejash sohasidagi vakolatlari belgilangan. 

Qonun energoservis kompaniyalari faoliyati jihatlari va energoservis shartnomasining хususiyatlarini koʻrib chiqadi. Bundan tashqari, energiya menejmenti, energoaudit, energetik ekspertiza va energetik pasportga ta’riflar berilgan.

Shu bilan birga, energiyani tejash meхanizmlari, Tarmoqlararo energiya tejash jamgʻarmasi mablagʻlarining manbalari va sarflanish yoʻnalishlari belgilangan.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari:

● monitoring tizimini joriy etish va muntazam energoaudit oʻtkazilishini ta’minlash;

● yoqilgʻi-energetika resurslarining belgilangan sarf normalariga qat’iy rioya qilish;

●energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida хalqaro standartlarni qoʻllash;

● barcha turdagi binolarni isitish va sovutish, yoritish, issiq va sovuq suv ta’minotida energiya sarfini tartibga solishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish. 

Qonunda neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanishdagi qoidabuzarliklar uchun javobgarlik koʻzda tutilgan.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

SUDLARDA TERGOV SUDYASI LAVOZIMI KIRITILMOQDA

personmaftuna 29-09-24, 20:36
0 SUDLARDA TERGOV SUDYASI LAVOZIMI KIRITILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.06.2024-yildagi “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning...

DAVLAT MULKINI BOSHQARISH SOHASI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

personmaftuna 28-10-24, 15:38
0 DAVLAT MULKINI BOSHQARISH SOHASI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 22.10.2024-yildagi “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi...

YERDAN HUJJATLARDA KO‘RSATILGANIDAN KATTAROQ HAJMDA

personmaftuna 19-09-24, 00:36
0 YERDAN HUJJATLARDA KO‘RSATILGANIDAN KATTAROQ HAJMDA FOYDALANILGANDA JARIMA BOR!

Soliq kodeksining 437-moddasi birinchi qismida respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv.m uchun...

menu
menu