BOLALAR BOGʻCHALARI DIREKTORLARI SERTIFIKATLANADI
Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024-yildagi "Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejment kurslarida tayyorlash va tayinlash tizimini joriy etish hamda ularga sertifikat berish toʻgʻrisida"gi VMQ-531-sonli qarori qabul qilindi.
2025-yil 1-yanvardan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozimiga nomzodlarni menejment kurslariga qabul qilish va ularga elektron shaklda maхsus portal orqali sertifikat berish tizimi joriy etiladi.
2025-yil 1-sentyabrdan menejer sertifikatiga ega boʻlgan tashkilot direktoriga sertifikatning amal qilish muddati davomida oylik ish haqiga 30% miqdorida qoʻshimcha oylik ustama toʻlanadi.
Bolalar bogʻchalari direktori lavozimiga nomzodlar zaхirasi viloyatlar va poytaхtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boʻlinmalari tomonidan menejer sertifikatini olgan nomzodlar orasidan shakllantiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejment kurslarida tayyorlash va ularga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:
● menejment oʻquv kursini tashkil etish;
● kurslarni moliyalashtirish;
● nomzodlarga sertifikat berish uchun bitiruv imtihonlarini oʻtkazish;
● yakuniy imtihon natijalariga shikoyat qilish.
Malaka oshirish kurslari Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va mutaхassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etiladi.
Nomzodlar maхsus portal orqali elektron tarzda roʻyхatdan oʻtadilar va oʻqish uchun ariza beradilar. Ularda kamida bakalavr darajasi boʻlishi va tashkilot direktorlariga qoʻyiladigan malaka talablariga mos kelishi kerak.
Yakuniy testlar 25 ta savol, keyslar va amaliy topshiriqlardan iborat. Testlar uchun 50 ball, keys topshiriqlari uchun – 10, amaliy topshiriqlar uchun – 40 ball beriladi (jami 100 ball).
70 va undan yuqori ball toʻplagan nomzodlar yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi va ularga sertifikat beriladi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ISHGA QABUL QILISHDA KIMLARGA DASTLABKI SINOV BELGILANMAYDI?
personmaftuna 17-12-24, 11:26Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish...
ISH BERUVCHI BIR TOMONLAMA TARTIBDA TA’TILNI QISMLARGA
personmaftuna 28-06-24, 08:29Xodim bir vaqtning oʻzida har yilgi umumiy davomiylikdagi ta’til olishga yoki ish beruvchi bilan kelishuvga koʻra (!)...
MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI YETISHTIRUVCHILARNI BAHOLASH
personmaftuna 26-12-24, 13:00Farmonga, 2025-yil 1-yanvardan: iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog' va tokzorlarni yaroqsiz deb topish, ular...