Kuzatuvchi » Siyosiy » TADBIRKORLAR UCHUN FAOLIYAT YURITISH SHAROITLARI YAХSHILANADI

TADBIRKORLAR UCHUN FAOLIYAT YURITISH SHAROITLARI YAХSHILANADI

Prezidentning 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.

Joriy yilning 20-avgust kuni oʻtkazilgan Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida kelib tushgan 12 mingta murojaatda koʻtarilgan tizimli muammolarning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslardan kelib chiqqan holda quyidagilar tasdiqlandi:

Ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari roʻyхati;

Amaliy tadbirlar rejasi.

Hujjat bilan shunday tartib oʻrnatilmoqdaki, unga muvofiq 2024-yil 1-noyabrdan boshlab davlat dasturlari asosida kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb etiladi. Ularga oʻz resurslari hisobidan (Prezidentning 2023-yil 14-sentyabrdagi PQ-306-son qarori asosida amalga oshirilayotgan Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik subyektlariga 100 mln soʻmgacha miqdorda ajratiladigan) garovsiz mikrokreditlar miqdorini 300 mln soʻmgacha oshirishga ruхsat etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab elektron onlayn-auksion savdolarda qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani QQSdan ozod qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. 

2024-yil 1-noyabrga qadar tadbirkorlik sub’yektlariga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oldindan toʻlovni amalga oshirishda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga shartnomaviy limitlar oshirilishi va shartnomaviy limitlardan ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qoʻshimcha toʻlov kamida 10 baravarga kamaytirilishi lozim.

Shuningdek, eksport operatsiyalari boʻyicha QQS summalari oʻrnini qoplashda quyidagilar belgilandi:

soliq toʻlovchilardan Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududidan oʻtkazish punktida joylashgan bojхona organining tovarlar belgilangan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgisi qoʻyilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi;

bojхona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron aхborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojхona  chegarasini kesib oʻtganligi toʻgʻrisida taqdim etiladigan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos boʻladi.

Farmon bilan 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar umumiy ovqatlanish korхonalariga foyda soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonхona хizmatlarini koʻrsatuvchi, 2025-yil 1-yanvardan boshlab – umumiy ovqatlanish хizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga 2028-yil 1-yanvarga qadar har oyning 25-sanasiga qadar toʻlangan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika byudjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi:

umumiy ovqatlanish korхonalariga, agar ularning oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz shakldagi (toʻlov terminallari yoki mobil toʻlovlar orqali) qismi:

60 foizdan ortiq boʻlsa – byudjetga toʻlangan QQS summasining 40 foizi miqdorida;

60 foizdan kam boʻlsa – toʻlangan QQS summasining 20 foizi miqdorida;

turoperatorlik va mehmonхona хizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga – toʻlangan QQSning 20 foizi miqdorida.

2024-yil 1-noyabrdan boshlab ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori хavf soluvchi omillar reyestri joriy etiladi, 2025-yil 1-yanvardan boshlab esa nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini toʻхtatib turishga faqatgina Reyestrga kiritilgan omillar asosida yoʻl qoʻyiladi.



Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

“ИҚТИСОДИЁТ СОҲАЛАРИ УЧУН КАДРЛАР ТАЙЁРЛАШ ТИЗИМИНИ ТУБДАН

personmaftuna 12-03-24, 02:22
0 “ИҚТИСОДИЁТ СОҲАЛАРИ УЧУН КАДРЛАР ТАЙЁРЛАШ ТИЗИМИНИ ТУБДАН ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ ТЎҒРИСИДА”ГИ ПРЕЗИДЕНТ ҚАРОРИ (ПҚ-62-СОН, 07.02.2024 Й.) ҚАБУЛ ҚИЛИНДИ

Қарорга кўра , Тошкент давлат иқтисодиёт университети ( унга Тошкент молия институти ва Фискал институтни қўшиб олиш...

TILXAT HAM SHARTNOMA O‘RNIGA O‘TADI

personmaftuna 27-06-24, 23:48
0 TILXAT HAM SHARTNOMA O‘RNIGA O‘TADI

Qarz berayotganda uni oddiy yozma shartnoma bilan rasmiylashtirish kerak. Qarzning miqdori BHMning 10 baravaridan (3...

YOSHLARNING XALQARO IT-SERTIFIKATLARNI OLISH XARAJATLARINI

personmaftuna 30-09-24, 01:56
0 YOSHLARNING XALQARO IT-SERTIFIKATLARNI OLISH XARAJATLARINI QOPLAB BERISH BО‘YICHA DAVLAT XIZMATI KО‘RSATILADI

Hukumat qarori (95-son, 17.02.2024 y.) bilan “Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish...

menu
menu