Kuzatuvchi » Siyosiy » TOVAR KELIB CHIQQAN JOY NOMI QANDAY RO‘YXATDAN O‘TKAZILADI?

TOVAR KELIB CHIQQAN JOY NOMI QANDAY RO‘YXATDAN O‘TKAZILADI?

Adliya vazirining buyrug‘i (07.12.2023-y. ro‘yxat raqami 3482-son) bilan Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari tasdiqlandi.  

Qoidalar «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq tasdiqlangan va quyidagilarni belgilaydi:

tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish va topshirish tartibi;

ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomaga qo‘yiladigan talablar va uning mazmuni;

talabnomani ko‘rib chiqish va ekspertizadan o‘tkazish tartibi va boshqalar. 

Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo‘g‘rofiy obyektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi deb e’tirof etiladi. 

Quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:

tovar kelib chiqqan joy xususida iste’molchini chalg‘itib qo‘yadigan jo‘g‘rofiy nom bo‘lgan belgilar;

tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;

tovar tayyorlangan joy nomi bilan bog‘liq bo‘lmagan jo‘g‘rofiy nomni anglatuvchi va O‘zbekistonda muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar;

shu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib chiqqan joy nomi yoki geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilar.


Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARINING OCHIQ HAY’AT

personmaftuna 28-06-24, 16:55
0 DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARINING OCHIQ HAY’AT MAJLISLARIDA AXBOROTDAN FOYDALANUVCHILARNING HOZIR BO‘LISHI UCHUN SHAROITLAR YARATISH QANDAY BO’LADI ?

O‘zbekiston Respublikasining “ Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida ”gi...

ФАРЗАНДЛИККА ОЛИШНИ БЕКОР ҚИЛИШ АСОСЛАРИ ҚАНДАЙ?

personmaftuna 14-12-24, 11:55
0 ФАРЗАНДЛИККА ОЛИШНИ БЕКОР ҚИЛИШ АСОСЛАРИ ҚАНДАЙ?

Фарзандликка олиш агар фарзандликка олувчилар: ўз зиммаларига юклатилган мажбуриятларни бажаришдан бўйин товлаётган ёки...

ИШДАН БЎШАТИШ НАФАҚАСИНИНГ МИҚДОРЛАРИ

personmaftuna 08-02-24, 12:24
0 ИШДАН БЎШАТИШ НАФАҚАСИНИНГ МИҚДОРЛАРИ

Амалдаги Меҳнат кодексининг 173-моддасига асосан: - ишдан бўшатиш нафақасининг миқдори ҳодимни ишлаб келаётган жойидаги...

menu
menu