Kuzatuvchi » Siyosiy » INTELLEKTUAL MULK: NAZORAT XARIDLARI

INTELLEKTUAL MULK: NAZORAT XARIDLARI

Vazirlar Mahkamasining 23.07.2024-dagi 441-son qarori bilan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilishi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha nazorat xaridlarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi. 

Prezidentning 4.04.2023-yildagi PQ-110-son qaroriga muvofiq Intellektual mulk sohasida nazorat xaridlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:

nazorat xaridini tashkil etish va o‘tkazishni rejalashtirish qoidalari;

nazorat xaridlari natijalari bo‘yicha intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini o‘rganish tartibi;

intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini baholash mezonlari;

nazorat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatni moliyalashtirish tartibi. 

Adliya organlari tomonidan rejali nazorat xaridini amalga oshirish jadvali ilgari intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan sotuv nuqtalari faoliyatini tahlil qilish asosida shakllantiriladi. 

Rejadan tashqari nazorat jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalaridagi nashrlar, shuningdek davlat organlari tomonidan qonunchilik buzilishi faktlari to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. 

Tovarlarni tekshirish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

intellektual mulk obyektining ro‘yxatdan o‘tkazilgan obyektlar bilan iste’molchini chalg‘itish darajasigacha o‘xshashligi;

tovarlarda mualliflik huquqi (turdosh huquqlar) obyektlarini takrorlash yoki tarqatishda qonuniylikka rioya etilishi;

tovar ishlab chiqaruvchilar va huquq egalari o‘rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasining mavjudligi, shuningdek bunday shartnomalarning Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi.


Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

QISQARTIRILGAN VA TO‘LIQSIZ ISH VAQTIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH

personmaftuna 10-12-24, 10:41
0 QISQARTIRILGAN VA TO‘LIQSIZ ISH VAQTIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH

Qisqartirilgan ish vaqti sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarning ish haqi normal ish vaqti uchun belgilangan to‘liq...

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 29-03-24, 06:44
0 БИЛАСИЗМИ?

Қонун билан давлат ҳисобидан юридик ёрдам олиш ҳуқуқига эга бўлган шахсларга бундай ёрдам кўрсатиш учун жиноят,...

TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI

personmaftuna 28-10-24, 15:41
0 TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI ISHLAB CHIQILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2024-yildagi VMQ-652-sonli qarori bilan 2025-yil yanvardan kuchga...

menu
menu