NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAXSLARNING ODIL SUDLOVDAN FOYDALANISH HUQUQI QONUNDA MUSTAHKAMLAB QOʻYILDI
05.09.2024-yildagi OʻRQ-955-son Qonun bilan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonunga nogironligi boʻlgan shaxslarning saylash va saylanish, referendumda ishtirok etish, shuningdek ta’lim olish huquqlarini ta’minlash uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarga boshqa fuqarolar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanishini ta’minlashi, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarning sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan choralarni koʻrishi kerak.
Tuzatishlarga koʻra, nogironligi boʻlgan shaxslarning davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etish, shu jumladan ularning saylash va saylanish hamda referendumlarda ishtirok etish huquqi ta’minlanadi.
Davlat, shuningdek, saylov uchastkalarida nogironligi boʻlgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan, oʻrindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlashi kerak.
Shuningdek, Qonun nogironligi boʻlgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun foydalanish mumkin boʻlgan muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi me’yorlar bilan toʻldirildi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KAMBAG'AL OILALAR TOIFALARGA AJRATILADI
personmaftuna 20-06-25, 13:59“Kambag'al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida” gi...
YOʻLOVCHI BOJХONA DEKLARATSIYASINING SHAKLI VA MAZMUNI
personmaftuna 19-05-25, 01:50Iqtisodiyot va moliya vazirining "Yoʻlovchi boj х ona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi...
. DAVLAT BAYROG'INING TASVIRI TUSHIRILGAN BELGILARDAN
personmaftuna 19-05-24, 19:24O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'iga nisbatan hurmatni ta'minlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan...