HUDUDLARNING MASTER-REJALARI QAYSI HOLLARDA ISHLAB CHIQILADI
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 497-son qarori bilan Hududning master-rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi.
Prezidentning 11.09.2023-yildagi PQ-299-son qaroriga muvofiq shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, hududlar qismlarining yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda hududiy va iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun master-rejalarni ishlab chiqish tizimi joriy etilmoqda.
Master-rejalar yoki batafsil rejalashtirish loyihalari hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga qaratilgan shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyihaviy yechimlarni o‘z ichiga oladi.
Hujjat bilan Hudud master-rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:
hudud master-rejasini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar;
master-rejani kelishish va tasdiqlash tartibi;
hudud master-rejasini moliyalashtirish manbalari.
Master-reja quyidagi hollarda ishlab chiqiladi:
hududning shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmaganda;
hududning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan yetarlicha foydalanilmaganda;
master-reja asosida bo‘sh yer uchastkasi auksionga qo‘yilganda;
qishloq xo‘jaligi, shaharsozlik va xo‘jalik maqsadidagi yerlar toifasini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda.
Batafsil rejalashtirish loyihasi, qurilish loyihasi va ushbu hududning dizayn-kodi bilan birga ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan master-reja shaharsozlik hujjati sifatida qabul qilinadi.
Shaharsozlik hujjati sifatida ishlab chiqilgan master-rejani tasdiqlash vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KOMPOZIT SHAKLGA O‘TKAZILADIGAN DAVLAT XIZMATLARI
personmaftuna 14-06-24, 16:1224.05.2024-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish...
BOLALAR OMBUDSMANINING VAZIFALARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT
personmaftuna 24-03-25, 03:01Bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari sifatida bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga...
YO'L OBYEKTLARI ALOHIDA RUXSATNOMA OLINGANDAN SO'NG
personmaftuna 23-07-24, 14:20“Yo'llar va yo'l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini ta'minlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo'yicha...