Kuzatuvchi » Siyosiy » BA’ZI KO‘CHALAR NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN MOSLASHTIRILADI

BA’ZI KO‘CHALAR NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN MOSLASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.07.2024-yildagi   "Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-266-sonli qarori qabul qilindi.

Mahalliy ijro hokimiyati organlari har yili 1-noyabrgacha keyingi yilga o‘z hududidagi kamida bitta ko‘chani nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish loyihasini ishlab chiqadilar, shuningdek, uni qurish, ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshiradilar. 

2024-yil 1-dekabrgacha ko‘chalar (ro‘yxat bo‘yicha) shaharsozlik normalari va qoidalari talablaridan kelib chiqib, nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishiga moslashtirilishi nazarda tutilgan. 

Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvargacha respublikaning nogironligi bo‘lgan shaxslar harakatlanishi uchun to‘siqsiz muhit yaratilgan ob’ektlari bilan "Interaktiv xarita" axborot tizimi ishga tushiriladi. 

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab Toshkent shahri bo‘yicha avtobus yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini joylashtirish va xalqaro avtobus yo‘lovchi tashish, 2025-yil 1-yanvardan boshlab esa – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) qatnovlar bo‘yicha avtobus yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini joylashtirish bo‘yicha tenderlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlangan avtobuslarga ega bo‘lgan tashabbuskorlar ishtirok eta oladilar. 

2024-yil 1-noyabrdan ushbu talab kuchga kirgunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) qatnovlarda avtobus yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatayotgan, tenderlarda g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga avtobuslarni nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq  BHMning 30 baravaridan oshmagan miqdorda qoplanadi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

QISQARTIRILGAN VA TO‘LIQSIZ ISH VAQTIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH

personmaftuna 10-12-24, 10:41
0 QISQARTIRILGAN VA TO‘LIQSIZ ISH VAQTIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH

Qisqartirilgan ish vaqti sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarning ish haqi normal ish vaqti uchun belgilangan to‘liq...

AUKSIONNI O‘TKAZISH TARTIBINI BILASIZMI?

personmaftuna 30-09-24, 22:07
0 AUKSIONNI O‘TKAZISH TARTIBINI BILASIZMI?

O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 54-moddasiga asosan. Auksion...

BOLA O‘LIK TUG‘ILGANDA QAYD ETISH TARTIBI VA MUDDATI KANDAY?

personmaftuna 30-09-24, 22:56
0 BOLA O‘LIK TUG‘ILGANDA QAYD ETISH TARTIBI VA MUDDATI KANDAY?

Bolaning o‘lik tug‘ilganligi, tibbiy muassasaning xabariga binoan 24 soat ichida shu muassasa joylashgan erdagi FHDYo...

menu
menu