HAKAMLIK SUDLARINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISH VA HISOBGA OLISH FAQAT DXM VA YAIDXP ORQALI AMALGA OSHIRILADI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024-yildagi «Davlat xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish qamrovi yanada kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 553-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga Qonunga kiritilgan tegishli oʻzgartirishlardan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar kiritildi.
Shuningdek, quyidagi nizomlar yangi tahrirda qabul qilindi:
Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi;
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarni hisob roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi;
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi.
Oʻzgartirishlar me’yorlarni qonunchilikdagi soʻnggi oʻzgartirishlarga muvofiqlashtirishga qaratilgan.
Shuningdek, yuqorida koʻrsatilgan davlat xizmatlari hamda NNTlarning chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini va ularning oila a’zolarini akkreditatsiya qilish faqatgina DXM va YaIDXP orqali amalga oshiriladi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
SOLIQ TO‘LOVCHILARNING HUQUQLARI
personmaftuna 26-03-24, 02:17Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega: soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari...
АЛИМЕНТНИ 2 ОЙ ТЎЛАМАСЛИК ЖИНОИЙ ЖАВОБГАРЛИККА САБАБ БЎЛИШИ
personmaftuna 30-09-24, 07:28Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 122-моддасига кўра, моддий ёрдамга муҳтож бўлган вояга етмаган ёки меҳнатга...
YANGI FARMON: AHOLI IPOTEKA KREDITLARI ORQALI UY-JOY BILAN
personmaftuna 29-06-24, 08:3130.04.2024-yil kungi PF-70-son “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining...