ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI TARTIBGA SOLISH INSPEKSIYASI NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.06.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi №PQ-204-sonli qaror qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:
Inspeksiya faoliyati respublika byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi;
Inspeksiya boshlig‘i maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi o‘rinlarda - Departament) boshlig‘i o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Inspeksiyaga Bosh prokuror o‘rinbosari - Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi;
Inspeksiya Bosh prokurorga hamda Bosh prokuror o‘rinbosari - Departament boshlig‘iga bo‘ysunuv va hisobdorlik asosida faoliyat ko‘rsatadi;
Inspeksiyada xizmatni o‘tash tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi. Bunda xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etishda Departament organlariga xizmatga qabul qilish va xizmatdan bo‘shatish talablari va shartlari tatbiq etiladi;
Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga ega bo‘ladi.
Qaror bilan Inspeksiyaning yuridik shaxs tashkil etmagan holda byudjetdan tashqari jamg‘armasi tashkil etildi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
YOSHLAR QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLANADI?
personmaftuna 19-05-25, 01:57Prezident tomonidan 26.03.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida...
YOʻL HARAKATI QOIDALARIGA TASMASI BOR YOʻL ORQALI
personmaftuna 26-12-24, 15:16O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.10.2024-yildagi “Yoʻl harakati qoidalariga jamoat transportidan...
YIRIK BOZORLARDA TARTIB QANDAY TA’MINLANADI
personmaftuna 11-12-24, 15:35Vazirlar Ma х kamasining 27.11.2024-yildagi 791-son qarori bilan yirik bozorlarda jamoat tartibini saklash va yongʻin х...