Kuzatuvchi » Siyosiy » TA’LIM MUASSASALARI ATTESTATSIYA VA AKKREDITATSIYADAN QANDAY O‘TKAZILADI?

TA’LIM MUASSASALARI ATTESTATSIYA VA AKKREDITATSIYADAN QANDAY O‘TKAZILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2024-yildagi “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 91-son qarori qabul qilindi. 

Maktabgacha hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini  attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 

Attestatsiyaning asosiy prinsiplari: mustaqillik, xolislik, oshkoralik, shaffoflik, davriylik, majburiylik. 

Tasdiqlangan Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagilarni ham belgilaydi:

attestatsiya komissiyalarini tashkil etish tartibi va ularning tarkibi;

attestatsiyadan o‘tkazish haqida xulosa;

xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, shuningdek ularga qo‘yiladigan talablar;

ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish;

maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari. 

Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti har yili xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini o‘tkazish uchun o‘z faoliyatini ichki baholaydi va uning natijasi bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar hamda materiallarni onlayn tarzda ta’lim sifati monitoringi elektron platformasi orqali Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuboradi. 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini amalga oshiradi. 

Vazirlikka 2024-yil 1-avgustga qadar ta’lim sifati monitoringi hamda akkreditatsiya va tegishli sertifikatlar berish elektron platformasini ishga tushirish topshirildi. 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi:

mandat.uzbmb.uz elektron platformasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ta’lim sifati monitoringini yuritishga mo‘ljallangan elektron platformasiga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinishini;

har yili 10-oktyabrga qadar oliy ta’lim tashkilotlariga qabul imtihonlarida qatnashgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari soni, ularning fanlar kesimidagi va jami to‘plagan ballari bo‘yicha ma’lumotlar elektron shaklda taqdim etilishini ta’minlaydi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

1 МАЙДАН НИМАЛАР ЎЗГАРАДИ?

personmaftuna 28-05-24, 03:36
0 1 МАЙДАН НИМАЛАР ЎЗГАРАДИ?

Norma.uz портали 2024 йил 1 майдан кучга кирадиган миллий қонунчиликдаги асосий ўзгартиришлар шарҳини тақдим этади....

МАКТАБЛАРДА ЎҚИТУВЧИЛАР ЎРТАСИДА НАВБАТЧИЛИК

personmaftuna 27-03-24, 01:01
0 МАКТАБЛАРДА ЎҚИТУВЧИЛАР ЎРТАСИДА НАВБАТЧИЛИК ШАКЛЛАНТИРИЛИШИ ҚОНУНИЙМИ?

Ўқитувчиларга навбатчилик қилиш мажбуриятини юклашнинг ўзи нотўғри. Чунки Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг...

JAMOA SHARTNOMASINING TUZILISHI

personmaftuna 29-09-24, 13:15
0 JAMOA SHARTNOMASINING  TUZILISHI

Jamoa shartnomasining tuzilishini uning taraflari belgilaydi. Mehnat kodeksining 67-moddasiga binoan, jamoa...

menu
menu