Kuzatuvchi » Siyosiy » IJARAGA OLUVCHI VA U BILAN BIRGA DOIMIY YASHAYDIGAN FUQAROLAR

IJARAGA OLUVCHI VA U BILAN BIRGA DOIMIY YASHAYDIGAN FUQAROLAR

Uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga binoan faqatgina fuqaro ijaraga oluvchi bo‘lishi mumkin. Shartnomada uy-joyda ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar ko‘rsatilishi lozim. Shartnomada bunday ko‘rsatmalar bo‘lmasa, mazkur fuqarolarni uy-joyga qo‘yish Fuqarolik Kodeksi 608-moddasining qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi belgilangan. Ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar uy-joydan foydalanish bo‘yicha u bilan teng huquqlarga egadirlar.

Ijaraga oluvchi bilan bunday fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar qonunda belgilanadi. Ijaraga oluvchi o‘zi bilan birga doimiy yashab, uy-joyni ijaraga berish shartnomasining shartlarini buzayotgan fuqarolarning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘ladi. 

Ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar ijaraga beruvchini xabardor qilgan holda uy-joyda doimiy yashaydigan fuqarolarning hammasi ijaraga oluvchi bilan birga ijaraga beruvchi oldida solidar javobgar ekanliklari to‘g‘risida ijaraga oluvchi bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Bunday holda ushbu fuqarolar birgalikda ijaraga oluvchi bo‘ladilar.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ТИББИЁТНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ДАВЛАТ МАҚСАДЛИ ЖАМҒАРМАСИ НИМА

personmaftuna 14-05-24, 02:47
0 ТИББИЁТНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ДАВЛАТ МАҚСАДЛИ ЖАМҒАРМАСИ НИМА МАҚСАДДА ТАШКИЛ ЭТИЛДИГАН ФУҚАРОЛАР ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНАДИ

Соғлиқни сақлаш вазирининг буйруғи билан Тиббиётни ривожлантириш давлат мақсадли жамғармаси тўғрисидаги низом...

PARLAMENTDAGI MUXOLIFATNING KAFOLATLANGAN HUQUQLARI

personmaftuna 30-09-25, 12:22
0 PARLAMENTDAGI MUXOLIFATNING KAFOLATLANGAN HUQUQLARI KENGAYTIRILADIMI?

O’zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga parlamentdagi...

SUD TOMONIDAN HAL ETILADIGAN ISHLAR

personmaftuna 14-06-24, 02:10
0 SUD TOMONIDAN HAL ETILADIGAN ISHLAR

Sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini...

menu
menu