Kuzatuvchi » Siyosiy » TALABALARGA AKADEMIK TA’TIL BERISH

TALABALARGA AKADEMIK TA’TIL BERISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021-yildagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan  nizomga muvofiq,    O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish va akademik ta’tildan so‘ng ularning o‘qishini davom ettirish tartibini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin: harbiy xizmatni o‘tash uchun, salomatligini tiklash uchun, homiladorlik va tug‘ish uchun, bolalarni parvarish qilish uchun, oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun. Talabaga akademik ta’til berilishi uni oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi. 

Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi. Akademik ta’til olish uchun talaba (sog‘lig‘i holatiga ko‘ra talaba shaxsan murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki turmush o‘rtog‘i) tomonidan oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.

Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi. Talabaga akademik ta’til berish oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu buyruqda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatilishi shart.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISHLARNI YURITISHDA

personmaftuna 08-08-25, 01:47
0 MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISHLARNI YURITISHDA XUSUSIY AYBLOV INSTITUTI JORIY ETILADI

O‘zbekiston Respublikasining 10.07.2025-yildagi O‘RQ–1075-sonli Qonuni bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi...

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSIGA VA MA’MURIY

personmaftuna 27-03-24, 11:44
0 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSIGA VA MA’MURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDAGI QONUN IMZOLANDI

Oʻzgartirish va qoʻshimchalar: -Jinoyat kodeksi; -Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilmoqda. Uchuvchisiz...

ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TALABGORLARINI TANLASH

personmaftuna 27-12-24, 17:17
0 ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TALABGORLARINI TANLASH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat Qarori (731-son, 01.11.2024-y.) bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning...

menu
menu