Kuzatuvchi » Siyosiy » “YOSHLAR DAFTARI”NI SHAKLLANTIRISH

“YOSHLAR DAFTARI”NI SHAKLLANTIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yildagi 312-son  qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tumanlardagi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizomga asosan,  “Yoshlar daftari”ni shakllantirish “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) quyidagi toifadagi: oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz, I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan, ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan, zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan, “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan, haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan, psixologik maslahatga muhtoj, nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila, dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan, yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritilishi belgilangan. 

“Yoshlar daftari”ga yoshlar yashab turgan joyi bo‘yicha kiritiladi. Bunda yoshlarning yashab turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasligi ularni “Yoshlar daftari”ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi. Ariza beruvchi yashab turgan mahalladagi yoshlar yetakchisi uning “Yoshlar daftari”ga kiritish haqidagi murojaatini uch kun muddatda o‘rganib chiqadi va ariza beruvchining “Yoshlar daftari”ga kiritilishini tasdiqlaydi yoki rad etadi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

MEHNAT MIGRANTLARIGA ХARAJATLAR KOMPENSATSIYA QILINADI

personmaftuna 03-05-24, 00:45
0 MEHNAT MIGRANTLARIGA ХARAJATLAR KOMPENSATSIYA QILINADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2024-yildagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda...

НАВРЎЗ БАЙРАМИНИ НИШОНЛАШГА ТАЙЁРГАРЛИК БОШЛАНДИ

personmaftuna 25-04-24, 02:10
0 НАВРЎЗ БАЙРАМИНИ НИШОНЛАШГА ТАЙЁРГАРЛИК БОШЛАНДИ

Президентнинг 03.03.2024 йилдаги ПҚ-113-сонли “2024 йилги Наврўз умумхалқ байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш...

ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИНИНГ ХОТИН-ҚИЗЛАР МАСАЛАЛАРИ БЎЙИЧА

personmaftuna 12-03-24, 02:13
0 ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИНИНГ ХОТИН-ҚИЗЛАР МАСАЛАЛАРИ БЎЙИЧА ИНСПЕКТОРЛАРИГА ҚЎШИМЧА ВАКОЛАТ БЕРИЛДИ

Президент томонидан имзоланган қонун (ЎРҚ-902-сон, 01.02.2024 й.) билан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига...

menu
menu