Kuzatuvchi » Siyosiy » BEGONА SHАXSLАRNI UYDАN ROʼYXАTDАN CHIQАRISH UCHUN ULАRNING ROZILIGI TАLАB ETILMАYDI

BEGONА SHАXSLАRNI UYDАN ROʼYXАTDАN CHIQАRISH UCHUN ULАRNING ROZILIGI TАLАB ETILMАYDI

Vazirlar Mahkamasining 05.01.2024-yildagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish boʼyicha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi 9-son Qarori qabul qilindi.

 

Turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega boʼlmagan shaxslarni ushbu turar joydan doimiy roʼyxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish bekor qilinmoqda (bundan taraflar oʼrtasida boshqacha kelishuv tuzilgan holatlar mustasno). 

 

Shuningdek, Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʼyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʼarmalar mablagʼlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʼgʼrisidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlandi.

 

Respublika kompensatsiya jamgʼarmasi mablagʼlaridan yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʼyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash uchun foydalaniladi.

Hududiy kompensatsiya jamgʼarmalari mablagʼlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:

•          yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʼyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash;

•          jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan quyidagi zararlarni (keyingi oʼrinlarda – mulkiy va maʼnaviy zarar) qoplash:

•          koʼchmas mulk obʼektlariga boʼlgan hududlarning davlat reestriga noqonuniy yodi haqiqatga toʼgʼri kelmaydigan maʼlumotlarning kiritilishi natijasida ularga ishonib harakat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar;

•          davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilarining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan va sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zararlar;

•          tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof deb topilgan harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar va maʼnaviy ziyonlar;

•          turar joy insofli egallovchidan qonunchilikda belgilangan tartibda talab qilib olinishiga yoʼl qoʼyilmasligi natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar. 

 

Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʼyish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni qoplab berish sxemasi quyidagicha: 

•          Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati asosida yoki oʼz tashabbusiga koʼra tegishli hujjatlarni respublika va hududiy maqsadli jamgʼarmalar kuzatuv kengashiga (keyingi oʼrinlarda – kuzatuv kengashlari) murojaat qiladi;

•          kuzatuv kengashlari 3 ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni koʼrib chiqadi va yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʼyilishi munosabati bilan zararlarning oʼrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish toʼgʼrisida qaror qabul qiladi;

•          Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari 3 ish kuni mobaynida yetkazilgan zararlarni qoplab beradi. 

 

Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplash uchun jismoniy va yuridik shaxslar ariza, sud qarori va boshqa tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Qoraqolpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga murojat qiladi. 
 

 

Muhayyo MATKARIMOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

O‘ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI TASHKIL ETILADI

personmaftuna 25-06-24, 23:51
0 O‘ZBEKISTON DAVLAT SPORT AKADEMIYASI TASHKIL ETILADI

“O'zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori...

HUDUDLARGA QO‘YILADIGAN YONG‘IN XAVFSIZILIGI TALABLARINI

personmaftuna 28-06-24, 23:53
0 HUDUDLARGA QO‘YILADIGAN YONG‘IN XAVFSIZILIGI TALABLARINI BILASIZMI ?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid...

“SANOAT IPOTEKASI” TIZIMI JORIY ETILADI

personmaftuna 24-01-24, 03:14
0 “SANOAT IPOTEKASI” TIZIMI JORIY ETILADI

“140 ta ilg'or sanoat korxonasi” dasturini amalga oshirish va “sanoat ipotekasi” tizimini joriy qilishga doir...

menu
menu