Kuzatuvchi » Siyosiy » UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT

UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT

Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga chaqirishni, chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashni, rezervdagi xizmatni, muqobil xizmatni, harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz bo‘lgan taqdirda aholini muhofaza etish tadbir-choralarini qamrab oladi.

Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolari, xususan:

harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan shaxslar— chaqiriluvchilar, haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar — harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlarning rezervi yoki zaxirasidagi shaxslar — harbiy xizmatga majburlar, turli sabablarga ko‘ra harbiy ro‘yxatga olinmagan yoki harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan, shu jumladan iste’fodagi shaxslar — harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan shaxslar deb ataladi.

Haqiqiy harbiy xizmat chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmatdir.

Umumiy harbiy majburiyat O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi.

Muqaddam Vatanga qasamyod qabul qilmagan harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarga jalb etilganlarida yoki safarbarlik bo‘yicha chaqirilganlarida Vatanga qasamyod qabul qiladilar.

Vatanga qasamyod qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi bilan belgilanadi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqala tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

YOʻLOVCHI BOJХONA DEKLARATSIYASINING SHAKLI VA MAZMUNI

personmaftuna 19-05-25, 01:50
0 YOʻLOVCHI BOJХONA DEKLARATSIYASINING SHAKLI VA MAZMUNI OʻZGARTIRILDI

Iqtisodiyot va moliya vazirining "Yoʻlovchi boj х ona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi...

TA’LIM KREDITINI MY.GOV.UZ ORQALI OLISH MUMKIN

personmaftuna 20-10-24, 14:41
0 TA’LIM KREDITINI MY.GOV.UZ ORQALI OLISH MUMKIN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.05.2024 yildagi PF-82-son Qonunchilikka ko‘ra, 2024/2025 o‘quv...

PEDAGOGLARNING UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH TIZIMI JORIY

personmaftuna 20-02-25, 11:00
0 PEDAGOGLARNING UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH TIZIMI JORIY ETILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024-yildagi "Maktabgacha va maktab ta’limi х odimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish...

menu
menu