Kuzatuvchi » Siyosiy » PEDAGOG XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASHNING MAQSAD VA VAZIFALARI

PEDAGOG XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASHNING MAQSAD VA VAZIFALARI

O‘quv-tarbiya jarayonini malakaviy talablarga muvofiq yuqori ilmiy-metodik darajada ta’minlash, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahoratni doimiy ravishda rivojlantirishga ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda yangilab borish, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning yangi tamoyillari va zamonaviy usullari, malaka talablari, normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib borish — pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining maqsadi hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida nizomga asosan,  qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining pedagog xodimlarning kasbiy bilimi, ko‘nikmasi va mahoratini uzluksiz yangilab borish, zamonaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini singdirish, pedagogik nufuz va kompetentlikni rivojlantirish, o‘z pedagogik faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, pedagogning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish, ilmiy-pedagogik ijodkorlik metodologiyasi hamda pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarni singdirish, o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-axloqiy ishlarni amalga oshirishda ilg‘or ta’lim-tarbiya texnologiyalari va jahon tajribasidan foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-metodik ishlarni olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining to‘g‘ridan to‘g‘ri shakllarini amaliyotga joriy etish asosiy vazifalari etib belgilangan.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

YO‘LLAR TOIFAGA AJRATILDI

personmaftuna 24-07-24, 20:19
0 YO‘LLAR  TOIFAGA AJRATILDI

Vazirlar Mahkamasining 04.07.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻy...

“IQTIDOR MAKTAB ANSAMBLI” RESPUBLIKA TANLOVI O'TKAZILADI

personmaftuna 19-11-24, 18:30
0 “IQTIDOR MAKTAB ANSAMBLI” RESPUBLIKA TANLOVI O'TKAZILADI

“ Umumiy o ' rta ta ' lim maktablarida musiqa madaniyati fani o ' qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan...

ДАВЛАТ МУЛКИНИ ИЖАРАГА БЕРИШ СОҲАСИДАГИ ҚОНУНЧИЛИКНИ

personmaftuna 29-07-24, 23:50
0 ДАВЛАТ МУЛКИНИ ИЖАРАГА БЕРИШ СОҲАСИДАГИ ҚОНУНЧИЛИКНИ БУЗГАНЛИК УЧУН ЖАВОБГАРЛИК КУЧАЙТИРИЛДИ

Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-933-сон, 19.06.2024 й.) билан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга...

menu
menu