Kuzatuvchi » Siyosiy » SAYLOVCHILARNING YAGONA ELEKTRON RO‘YXATI

SAYLOVCHILARNING YAGONA ELEKTRON RO‘YXATI

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati vakolatli davlat organlarining axborot bazalariga muvofiq saylovchi fuqarolar, ularning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan davlat axborot resursidir.

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati vakolatli davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan axborot negizida shakllantiriladi va yangilab turiladi, shuningdek saylov komissiyalari tomonidan aniqlashtiriladi.

Saylov kodeksiga asosan, har bir uchastka saylov komissiyasi tuzilganidan keyin uch kun ichida Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatida taqsimlangan mazkur uchastka saylovchilarining dastlabki ro‘yxatini olishi belgilangan.

Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning dastlabki ro‘yxatini olganidan keyin uni mazkur uchastka hududida yashovchi aholini uyma-uy aylanib chiqish yo‘li bilan aniqlashtirish choralarini ko‘radi.

Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatini aniqlashtirish bo‘yicha ishda ishtirok etish uchun jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin. Tumanlar va shaharlar hokimliklari saylovchilarning ro‘yxatlarini aniqlashtirish ishlariga ko‘maklashadi.

Saylov komissiyalari aholini uyma-uy aylanib chiqish natijalari bo‘yicha saylovchining Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidagi familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi manziliga oid tuzatishlar qilib, saylovchilar ro‘yxatlariga o‘zgartishlar kiritishi mumkin.

Saylovchilarning ro‘yxati har bir saylov uchastkasi bo‘yicha uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi hamda uning raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.

Saylov kuni saylov uchastkalarida Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidan olingan saylovchilar ro‘yxatlaridan foydalaniladi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

QAYSI HOLLARDA ISH BERUVCHI DAM OLISH KUNIDA ХODIMNI

personmaftuna 29-09-24, 15:38
0 QAYSI HOLLARDA ISH BERUVCHI DAM OLISH KUNIDA ХODIMNI ISHLATGANI UCHUN JAVOBGAR BOʻLADI?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari хodimning roziligisiz ishga...

YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI VAZIRLAR MAHKAMASI TASARRUFIGA

personmaftuna 21-03-24, 11:37
0 YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI VAZIRLAR MAHKAMASI TASARRUFIGA OʻTKAZILDI

Prezidentning 20.01.2024-yildagi PF-18-sonli «Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini...

MAKTABGACHA TAʼLIM VA TARBIYANI RIVOJLANTIRISH UCHUN

personmaftuna 19-05-24, 19:33
0 MAKTABGACHA TAʼLIM VA TARBIYANI RIVOJLANTIRISH UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATISHINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI

Xalqimiz yoshlikda olingan bilimni toshga uyilgan naqshga qiyoslaydi. Zero, taʼlimning boshlang‘ich asosi bo‘lgan...

menu
menu