NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING TURLARI
Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘ridigi O‘RQ-682-son qonunning 6-moddasiga binoan, normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Normativ-huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonun hujjatlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT
personmaftuna 28-09-24, 00:44Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga chaqirishni, chaqiruv yoki kontrakt...
ҚАНДАЙ ЖИНОИЙ ЖАЗОЛАР БОР?
personmaftuna 11-03-24, 00:35-Жарима - айбдордан давлат даромадига белгиланган миқдорда пул ундиришдир. Жарима базавий ҳисоблаш миқдорининг беш...
ТЎҚИМАЧИЛИК ВА ТИКУВ-ТРИКОТАЖ САНОАТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЯНГИ
personmaftuna 19-05-24, 01:20“Тўқимачилик ва тикув-трикотаж саноатини ривожлантиришни янги босқичга олиб чиқиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги...