Kuzatuvchi » Siyosiy » MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINI TUZISH

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINI TUZISH

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 12-moddasiga  asosan,  Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan to‘qqiz nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi va doimiy asosda faoliyat yuritishi belgilangan. Markaziy saylov komissiyasining bir nafar a’zosi Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi.

Kodeksga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasiga ko‘ra Qonunchilik palatasi hamda Senat tomonidan saylanadi.

Markaziy saylov komissiyasining Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan komissiya a’zolari orasidan besh yillik muddatga komissiya majlisida saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Markaziy saylov komissiyasining Raisi etib saylanishi mumkin emas.

Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari va komissiya kotibi komissiya a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.

Markaziy saylov komissiyasining a’zosi tegishli guvohnomaga ega bo‘ladi.

Markaziy saylov komissiyasi Raisining va uning o‘rinbosarining guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Markaziy saylov komissiyasi boshqa a’zolarining guvohnomasi esa Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi tomonidan imzolanadi.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 03-08-24, 02:12
0 БИЛАСИЗМИ?

Қонунчиликда кимларга автомобил бензини сотиб олиш харажатларининг бир қисми учун ойлик пул компенсацияси тўланиши...

ПРЕЗИДЕНТ ТОМОНИДАН ИМЗОЛАНГАН ҚОНУН БИЛАН АЙРИМ ҚОНУН

personmaftuna 28-03-24, 10:43
0 ПРЕЗИДЕНТ ТОМОНИДАН ИМЗОЛАНГАН ҚОНУН БИЛАН АЙРИМ ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИГА ЎЗГАРТИРИШ ВА ҚЎШИМЧАЛАР КИРИТИЛДИ

Қонун билан давлат ҳисобидан юридик ёрдам олиш ҳуқуқига эга бўлган шахсларга бундай ёрдам кўрсатиш учун жиноят,...

ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI TARTIBGA SOLISH INSPEKSIYASI

personmaftuna 24-07-24, 01:35
0 ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI TARTIBGA SOLISH INSPEKSIYASI TASHKIL ETILADI

“Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish...

menu
menu