SAYLOV KOMISSIYALARI TIZIMI
Saylov komissiyalari tizimiga quyidagilar kiradi: Markaziy saylov komissiyasi, hududiy saylov komissiyalari, tuman va shahar saylov komissiyalari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari uchastka saylov komissiyalari.
Saylov komissiyalari va ularning a’zolari o‘z faoliyatini har qanday davlat organlaridan, jamoat birlashmalaridan va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga asosan, Saylov komissiyalarining faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi, deb belgilangan.
Masalalarni ko‘rib chiqish va qarorlar qabul qilish saylov komissiyasi tomonidan kollegial tarzda amalga oshiriladi.
Saylov komissiyalari o‘z faoliyatini ochiq va oshkora amalga oshiradi.
Saylov komissiyasining majlislarida siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar hozir bo‘lishi mumkin.
Saylov komissiyalari nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasini o‘tkazish uchun teng shart-sharoitlarni, saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining adolatli taqsimlanishini, ovoz berishning va saylov yakunlarini chiqarishning halol bo‘lishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘radi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
AHOLINI IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASH TIZIMI TOʻLIQ
personmaftuna 10-02-25, 01:52Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 897-son qarori bilan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda "ijtimoiy karta"...
NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARGA QULAY VA TO'SIQLARSIZ MUHIT
personmaftuna 24-07-24, 20:12“Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqlarsiz muhit yaratish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi...
ALOHIDA HOLATLARDA TIBBIYOT MUASSASASIDA BEMORLAR TOMONIDAN
personmaftuna 26-01-24, 02:43O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 25-maydagi 13-sonli buyrug‘i (30.05.2023-yilda...