PEDAGOGIK KENGASHNING TARKIBI VA UNING FAOLIYATINI TASHKIL QILISH
Pedagogik kengash tarkibi umumta’lim muassasasi direktori, direktor o‘rinbosarlari va pedagog xodimlardan iborat bo‘ladi. Umumta’lim muassasasining har bir pedagog xodimi ishga qabul qilingan paytdan boshlab pedagogik kengashning a’zosi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 09.06.2016-yilda Adliya vazirligi tomonidan 2799-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi to‘g‘risi”dagi namunaviy nizomga muvofiq, umumta’lim muassasasi direktori pedagogik kengash raisi hisoblanadi. Pedagogik kengash kotibi pedagog xodimlar orasidan tayinlanishi belgilangan.
Pedagogik kengash raisi o‘z vazifasini bajara olmaydigan (kasal bo‘lgan, xizmat safariga ketganda) holatlarda uning vazifalari direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Pedagogik kengash yig‘ilishi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Zaruratga ko‘ra, navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin.
Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomasi kengash kotibi tomonidan yuritiladi. Bayonnoma pedagogik kengash raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalarini raqamlash har o‘quv yili boshida avgust oyida yangidan boshlanadi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KOʻP KVARTIRALI UYLAR BOSHQARUV ORGANLARI ELEKTRON
personmaftuna 10-02-25, 01:44Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-son qarori bilan koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining...
ДЕПОРТАЦИЯ ҚИЛИНГАН ФУҚАРОЛАРИНИ ҚАЙТАРИШ ВА БУ БИЛАН
personmaftuna 05-06-25, 13:55Ҳукумат қарори (313-сон, 13.05.2025 й.) билан ташкиллаштирилган тарзда чет элга ишга юборилган ва борган давлатининг...
SIGARETALAR TARKIBIGA TALABLAR BELGILANMOQDA
personmaftuna 24-06-24, 09:00O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024-yildagi “Tamaki mahsulotlari uchun te х nik reglamentni...