MEHNAT NIZOLARINING TURLARI
Mehnat nizolari subyektning tarkibiga qarab yakka tartibdagi yoki jamoaviy bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 542-moddasiga asosan, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi quyidagi masalalar bo‘yicha tartibga solinmagan kelishmovchiliklar yakka tartibdagi mehnat nizolaridir: mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini, mehnat shartnomasini qo‘llash, xodim uchun yakka tartibdagi yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud yakka tartibdagi mehnat shartlarini o‘zgartirish.
Yakka tartibdagi mehnat nizolariga quyidagi nizolar ham kiradi: ish beruvchi va mazkur ish beruvchi bilan ilgari mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan shaxs o‘rtasidagi nizo, ish beruvchi va mazkur ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzish istagini bildirgan shaxs o‘rtasidagi nizo, agar ish beruvchi ushbu shaxsni ishga qabul qilishni rad etgan bo‘lsa.
Xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi: yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha tartibga solinmagan kelishmovchiliklar jamoaviy mehnat nizolaridir.
Mehnat nizolari hal etilish usuliga qarab da’vo xususiyatiga va da’vosiz xususiyatga ega bo‘lishi mumkin.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINI O‘ZGARTIRISH
personmaftuna 08-08-25, 02:25O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 154-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga...
XORAZMDA MEHMONXONA QURISH UCHUN INVESTORLARGA SUBSIDIYA
personmaftuna 28-04-25, 11:40Hukumat qarori bilan “Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O'zbekiston...
BIZNESNI MOLIYAVIY QOʻLLAB-QUVVATLASH VOSITALARI
personmaftuna 15-05-24, 01:35O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.03.2024-yildagi 181-son qarori qabul qilindi, u bilan Vazirlar...