TA’LIM OLAYOTGAN XODIMLAR
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 385-moddasiga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida yigirma kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida — kamida o‘n kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga esa — kamida o‘ttiz kun, oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga — kamida o‘ttiz kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kasb hunar ta’limi tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda har yili berilishi belgilangan.
Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat ta’tillari ular o‘quv ta’tillaridan foydalanganligidan qat’i nazar beriladi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
HAYDOVCHI AVTOMASHINANI SIGNALINI HOHLAGAN JOYDA CHALISHGA
personmaftuna 19-09-24, 00:29Hukumatning 172-son qaroriga ilova qilib keltirilgan "Yo‘l harakati qoidalari"ning 48-bandiga ko‘ra, ➖ Tovushli...
IJRO INTIZOMINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA DAVLAT ORGANLARI
personmaftuna 08-08-25, 14:03Farmon davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga mas'ul tarkibiy bo'linmalar alohida tuzilma sifatida bevosita...
TA’LIM TASHKILOTLARINI ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISH
personmaftuna 28-03-24, 01:48O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2024-yildagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan maktabgacha va...