Kuzatuvchi » Siyosiy » MEHNAT NIZOLARI BO‘YICHA KOMISSIYA MAJLISINING BAYONNOMASI

MEHNAT NIZOLARI BO‘YICHA KOMISSIYA MAJLISINING BAYONNOMASI

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning majlisida bayonnoma yuritiladi, u komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 552-moddasida, Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya majlisining bayonnomasida o‘tkazilayotgan majlisning majlis o‘tkazilayotgan sana, komissiya tarkibi, qanday ariza ko‘rilayotganligi, komissiya majlisini olib borish tartibi, xodim hamda ish beruvchining vakili tomonidan keltirilayotgan tushuntirishlar va vajlarning, shuningdek guvohlar ko‘rsatuvlarining, mutaxassislar fikrlarining bayoni, qarorning mazmuni kabi butun jarayoni aks ettirilishi belgilangan.

Yakka tartibdagi mehnat nizosining taraflari va mehnat nizolari bo‘yicha komissiya majlisining manfaatdor ishtirokchilari majlis bayonnomasi bilan tanishishga haqli hamda ushbu bayonnoma imzolangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida bayonnomaga nisbatan yozma e’tirozlarini undagi xatolarni, noto‘g‘ri talqinlarni yoki bayonnomaning to‘liq emasligini ko‘rsatgan holda berishi mumkin. Komissiya taraflarning yozma e’tirozlarini majlis bayonnomasiga ilova qilishi kerak.

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

SHAXSIY YOZISHMALARNI MUHOFAZA QILISHNING KONSTITUTSIYAVIY

personmaftuna 25-08-25, 02:08
0 SHAXSIY YOZISHMALARNI MUHOFAZA QILISHNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga asosan, har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy...

DAVLAT TA`LIM TASHKILOTLARNING PEDAGOGLARI MAJBURIY TIBBIY

personmaftuna 23-05-24, 19:35
0 DAVLAT TA`LIM TASHKILOTLARNING PEDAGOGLARI MAJBURIY TIBBIY KO`RIKDAN BEPUL O`TKAZILADI

Qonunchilikka ko'ra, pedagoglarning sog'liqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi. Davlat...

TURIZM QO'MITASIGA QO'SHIMCHA VAZIFALAR YUKLATILDI

personmaftuna 30-09-24, 02:56
0 TURIZM QO'MITASIGA QO'SHIMCHA VAZIFALAR YUKLATILDI

Qarorga (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/8040) ko'ra, Xalqaro qo'shma komissiyadan (Joint Commission International)...

menu
menu