MASOFADAN TURIB ISHLASH
Mehnat qonunchiligida masofadan turib ishlash mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini ish beruvchi joylashgan yerdan, tashkilotning alohida tuzilmasidan ish beruvchining bevosita yoki bilvosita nazoratida bo‘lgan statsionar ish joyidan, hududdan yoki obyektdan tashqarida bajarishdan iborat bo‘lib, bunda asosiy mehnat vazifasini bajarish hamda uni bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirish uchun axborot-telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish shart qilib belgilangan.
Masofadan turib ishlovchi xodimlarga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning amal qilishi ushbu paragrafda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda tatbiq etiladi.
Masofadan turib ishlash rejimi quyidagi hollarda belgilanishi mumkin: xodimni ishga qabul qilishda, xodim odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga o‘tkazilgan taqdirda ish jarayonida. Xodimning odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga o‘tkazilishi, agar bunda xodimning mehnat vazifasi o‘zgarsa, boshqa ishga o‘tkazish hisoblanadi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
“ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН” УНИВЕРСИТЕТИ ФАОЛИЯТИ ЯНАДА
personmaftuna 03-06-25, 13:04“Янги Ўзбекистон” университети фаолиятини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” ги Президент қарори...
БИЛАСИЗМИ?
personmaftuna 29-03-24, 06:35Қонунчиликка кўра, истеъмолчининг ҳуқуқлари бузилиши туфайли унга етказилган маънавий зарар учун уни етказган шахс,...
TILXAT HAM SHARTNOMA O‘RNIGA O‘TADI
personmaftuna 27-06-24, 23:48Qarz berayotganda uni oddiy yozma shartnoma bilan rasmiylashtirish kerak. Qarzning miqdori BHMning 10 baravaridan (3...