Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI DEPUTATLARINING SAYLOVI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI DEPUTATLARINING SAYLOVI

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati — 5 yil. Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari umumiydir.

O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadir. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga asosan, Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bo‘lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN FUQAROLAR QANDAY PENSIYAGA

personmaftuna 11-12-24, 11:43
0 O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN FUQAROLAR QANDAY PENSIYAGA CHIQISHLARI MUMKIN?

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq: erkaklar – 60 yoshga,...

“МУЛК ҲУҚУҚИНИНГ ДАХЛСИЗЛИГИНИ ИШОНЧЛИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ”

personmaftuna 19-03-24, 01:50
0 “МУЛК ҲУҚУҚИНИНГ ДАХЛСИЗЛИГИНИ ИШОНЧЛИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ”

Mулк ҳуқуқининг дахлсизлигини ишончли ҳимоя қилиш, мулкий муносабатларга асоссиз аралашувга йўл қўймаслик, хусусий...

ҚАЙТА ТИКЛАНУВЧИ ЭНЕРГИЯ МАНБАЛАРИНИ ИМПОРТ ҚИЛИШДА БОЖХОНА

personmaftuna 27-01-24, 20:32
0 ҚАЙТА ТИКЛАНУВЧИ ЭНЕРГИЯ МАНБАЛАРИНИ ИМПОРТ ҚИЛИШДА БОЖХОНА ТЎЛОВЛАРИНИ КЕЧИКТИРИБ ТЎЛАШГА РУХСАТ БЕРИЛАДИ

“Қайта тикланувчи энергия манбалари асосида энергия таъминотини ташкил этиш соҳасини тартибга солиш ва ривожлантириш...

menu
menu