NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING TA’LIM OLISHI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga asosan, Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida ekanligi belgilangan. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limi, professional ta’limi ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida, zaruriyat bo‘lganda esa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning maktabdan tashqari ta’limi bolalar, o‘smirlar ijodiyot saroylari, uylari, klublari va markazlarida, «Barkamol avlod» bolalar maktabida, bolalar-o‘smirlar sport maktablarida, bolalar musiqa va san’at maktablarida, studiyalarda, axborot-kutubxona hamda sog‘lomlashtirish muassasalarida amalga oshiriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning oliy ta’limi oliy ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida amalga oshiriladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning oliy ta’limdan keyingi ta’limi oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olinishi mumkin. Statsionar davolash-profilaktika yoki reabilitatsiya muassasalarida davolash kursini o‘tayotgan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mazkur muassasalarda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi sifatida hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvota doirasida davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini oliy ta’limning mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklariga davlat granti asosida ko‘chirilishiga ruxsat etiladi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
“ҲАР БИР ФУҚАРО УЧУН – БИР ДАРАХТ” КЎРИК-ТАНЛОВИ ТАШКИЛ
personmaftuna 30-07-24, 00:33“Иқлим ўзгаришига нисбатан барқарор агроэкотизимни яратиш ҳамда қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари етиштирувчиларнинг иқлим...
XORIJDAGI VATANDOSHLAR BILAN ALOQALARNI MUSTAHKAMLASH
personmaftuna 19-05-25, 08:15Prezident tomonidan 19.03.2025-yildagi "Umummilliy totuvlik va х orijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni...
TADBIRKORLAR UCHUN FAOLIYAT YURITISH SHAROITLARI
personmaftuna 20-09-24, 07:04O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi...