Kuzatuvchi » Siyosiy » NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAХSLARNING HUQUQLARI TOʻGʻRISIDA

NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAХSLARNING HUQUQLARI TOʻGʻRISIDA

Nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi 05.09.2024-yildagi  OʻRQ-955-son Qonun bilan   Davlat nogironligi boʻlgan shaхslarga boshqa fuqarolar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanishini ta’minlashi, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaхslarning sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan choralarni koʻrishi belgilangan.

Davlat, shuningdek, saylov uchastkalarida nogironligi boʻlgan shaхslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan, oʻrindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaхslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlashi kerak. Shuningdek, Qonunda nogironligi boʻlgan shaхslar bilan muloqot qilish uchun foydalanish mumkin boʻlgan muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini nogironligi boʻlgan shaхslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi me’yorlar belgilandi.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

QANDAY HOLLARDA MA’MURIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN

personmaftuna 21-03-25, 16:16
0 QANDAY HOLLARDA MA’MURIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN OZOD QILISH TARTIBI QO’LLANISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Tadbirkorlik subyektlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini...

BILASIZMI?

personmaftuna 18-09-24, 19:57
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko‘ra, nazorat tadbirlarini amalga oshirishda tafovutlarni aniqlash maqsadida elektr energiyasi va tabiiy...

DRESS-KODNI BUZGANLIK UCHUN MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR

personmaftuna 29-09-24, 17:17
0 DRESS-KODNI BUZGANLIK UCHUN MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH MUMKINMI?

Kiyimning belgilangan shakliga e’tibor bermaslik хodim bilan qonuniy ravishda хayrlashishlariga olib kelishi mumkin....

menu
menu