XORIJIY TIL O‘QITISH
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining xorijiy tillar va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 53-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflarida tayanch o‘quv rejasi asosida o‘qitish bilan bir qatorda “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” hamda “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishlari bo‘yicha ham ta’lim dasturlarini joriy etish hamda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish tashkil etiladi, unga muvofiq: 5 — 9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10-11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi.
Bunda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh binolarini “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ishtirokchilariga amaliy monomarkazni tashkil qilish va keyinchalik o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida tekin foydalanishga berishga ruxsat etiladi yo‘nalishlarning biri bo‘yicha kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitiladi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QANDAY HOLLARDA IQTISODIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN
personmaftuna 21-03-25, 16:14Da’vogarlar — o‘rmon daraxtlarini o‘zboshimchalik bilan kesish hamda o‘rmondan foydalanish, o‘rmonni qo‘riqlash va...
SOG'LIQNI SAQLASH TIZIMINI TASHKIL ETISHNING YANGI MODELI
personmaftuna 07-06-25, 20:33“Respublikada sog'liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali...
XORAZMDA MEHMONXONA QURISH UCHUN INVESTORLARGA SUBSIDIYA
personmaftuna 28-04-25, 11:40Hukumat qarori bilan “Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O'zbekiston...