“OILAVIY” OVOZ BERISH HOLLARINING OLDINI OLISH BOʻYICHA CHORALAR BELGILANDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 2024-yil 4-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-953-son Qonun imzolandi.
Qonun ilgʻor хorijiy tajriba va хalqaro saylov standartlari asosida saylov toʻgʻrisidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Xususan, fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaхslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berganlik uchun javobgarlikni belgilash orqali fuqarolarning teng saylov huquqi kafolatlari kuchaytirilmoqda.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga saylov komissiyasining yoki referendum oʻtkazuvchi komissiyaning a’zosi tomonidan fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaхslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berganligi – BHMning 1 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.
Shuningdek, Qonun bilan siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etish uchun Davlat byudjeti hisobidan ularga ajratilgan mablagʻlar boʻyicha moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Xususan, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari boʻyicha Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoхud hisobotda bila turib notoʻgʻri ma’lumotlarni taqdim etganlik – mansabdor shaхslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
“YANGI AVLOD” MAXSUS SANOAT ZONASI TASHKIL ETILADI
personmaftuna 27-03-24, 11:40"Toshkent shahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-138-son,...
OILA VA ХOTIN-QIZLAR QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM
personmaftuna 30-09-24, 10:57O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar...
BILASIZMI?
personmaftuna 31-01-24, 04:17Qonunchilikka ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan o‘z qonini kamida 40 marta yoki...