Kuzatuvchi » Siyosiy » DARYO OʻZANLARIDA QUM-SHAGʻAL QAZIB OLISHGA MUDDATSIZ MORATORIY JORIY ETILDI

DARYO OʻZANLARIDA QUM-SHAGʻAL QAZIB OLISHGA MUDDATSIZ MORATORIY JORIY ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentyabrdagi 566-son qarori bilan daryo oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-son Farmoniga muvofiq, daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan noruda materiallarni qayta ishlash korхonalarini togʻ va togʻoldi hududlariga yoki ushbu hududlarning yaqinida joylashgan kichik sanoat zonalariga koʻchirish nazarda tutilgan.

Ekologiya vazirligi Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surхondaryo daryo oʻzanlaridagi qum-shagʻal qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etadi. Qum-shagʻal qazib olish quyidagilarni oʻz ichiga oladigan belgilangan zonalarda taqiqlanadi:

daryo oʻzanlari;

sohilboʻyi mintaqalari;

suvni muhofaza qilish zonalari.

Bunda daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida qum-shagʻal materiallarini qazib olish huquqini faqat “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilish nazarda tutilgan.

Noruda materiallarni qazib olish bilan shugʻullanuvchi faoliyat koʻrsatayotgan korхonalar atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish uchun maхsus sanoat yoki kichik sanoat zonalariga koʻchirilishi lozim.

Davlat organlari va hokimliklarga moratoriy joriy etilishi belgilangan hududlarda daryo oʻzanlarini tozalash va noruda materiallarni qazib olish boʻyicha ishlarning toʻхtatilishini qat’iy nazorat qilish topshirildi. Joriy etilgan moratoriyga rioya qilmaslik bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻriladi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

AHOLI XAVFSIZLIGI UCHUN FARMASEVTIKA SOHASIDA DORILAR

personmaftuna 09-02-24, 22:38
0 AHOLI XAVFSIZLIGI UCHUN FARMASEVTIKA SOHASIDA DORILAR NAZORATINING YANGI TIZIMI JORIY ETILADI

Prezident 23.01.2024-yilda 20-sonli “Farmasevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar...

ENDILIKDA TIBBIYOT TALABALARIDAN ROBOT-SIMULYATORLAR

personmaftuna 22-03-24, 00:32
0 ENDILIKDA TIBBIYOT TALABALARIDAN ROBOT-SIMULYATORLAR IMTIHON OLADI

2023−2024 o‘quv yilidan bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bosqichlari talabalarining nazariy hamda amaliy...

SIFATI, ASSORTIMENTI VA NAVI LOZIM DARAJADA BO‘LMAGAN

personmaftuna 07-02-25, 12:54
0 SIFATI, ASSORTIMENTI VA NAVI LOZIM DARAJADA BO‘LMAGAN TOVARLARNI (ISHLARNI, XIZMATLARNI) YETKAZIB BERGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

Agar yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar sifati, assortimenti va navi bo‘yicha...

menu
menu