Kuzatuvchi » Siyosiy » HUDUDLARDA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH BOʻYICHA PROKURATURA BOʻLINMALARI TASHKIL ETILADI

HUDUDLARDA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH BOʻYICHA PROKURATURA BOʻLINMALARI TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 11-sentyabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-136-son Farmoni qabul qilindi. 

Hujjat bilan kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul boʻlgan Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimi kiritilmoqda.

Bundan tashqari, Ijtimoiy himoya milliy agentligining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan Bosh prokuraturaning tuzilmasida 7 ta shtat birligidan iborat Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari tuzilmasida jami 28 ta shtat birligidan iborat kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boʻlinmalari tashkil etiladi.

Yangi kiritilayotgan Bosh prokuror oʻrinbosari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

har haftada kamida bitta tuman(shahar)ga borib, kambagʻal oilalarni reyestrga kiritish va chiqarishning haqqoniyligini oʻrganish;

kambagʻal oilalarga berilayotgan mablagʻlar egasiga manzilli yetib borishini nazorat qilish;

kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan mas’ullarga nisbatan qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta’minlash;

ijtimoiy himoya va kambagʻallikni qisqartirish sohasida qabul qilinayotgan qonunlar talablari, Prezidentning Farmon va qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish.

 


Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

AGAR ХODIM ISHDAN BOʻSHASH HAQIDAGI FIKRINI OʻZGARTIRSA...

personmaftuna 28-03-24, 01:02
0 AGAR ХODIM ISHDAN BOʻSHASH HAQIDAGI FIKRINI OʻZGARTIRSA...

Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida har ikki taraf imzolagan yozma kelishuv bir tomonlama bekor qilinishi...

BALIQ OVLASH QOIDALARINI - BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

personmaftuna 20-10-24, 13:27
0 BALIQ OVLASH QOIDALARINI  -   BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MAVJUD

Qonunchilikka ko'ra, tegishli ruxsati bo'lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda,...

IJRO INTIZOMINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA DAVLAT ORGANLARI

personmaftuna 25-08-25, 02:18
0 IJRO INTIZOMINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA DAVLAT ORGANLARI RAHBARLARINING MA'SULIYATI YANADA OSHIRILADI

Farmon davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga mas'ul tarkibiy bo'linmalar alohida tuzilma sifatida bevosita...

menu
menu