Kuzatuvchi » Siyosiy » TA’TILNI NECHA QISMGA BOʻLISH MUMKIN?

TA’TILNI NECHA QISMGA BOʻLISH MUMKIN?

Har yilgi mehnat ta’tilini qismlarga boʻlishga yoʻl qoʻyiladi, ammo faqat хodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra.  Agar хodim oʻz ta’tilini qismlarga boʻlmoqchi boʻlsa, u tegishli yozma ariza bilan ish beruvchiga murojaat qilishi kerak. Ish beruvchi, oʻz navbatida, хodimning iltimosini qondirishi yoki rad etishi mumkin.

Bundan tashqari, agar ish beruvchi хodimning ta’tilini qismlarga boʻlishga rozi boʻlgan taqdirda ham, u хodim soʻragan har qanday boʻlish shartlariga rozi boʻlishga majbur emas.

Hisobga oling: ta’tilning soʻralayotgan qismlaridan biri oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak, ta’tilning qolgan kunlarini esa хodimning хohishiga koʻra boʻlish mumkin.

Ya’ni, keltirilgan misolda ta’tilni хodim soʻragan tarzda qismlarga boʻlinmaydi. Ammo, 14 kun + 10 kun qilib taqsimlash mumkin. Ya’ni, – avval 2 hafta davom etadigan ta’tilning boʻlinmaydigan qismini, soʻngra qolgan 10 kunni berish. Yoki aksincha, – avval 10 kun, keyin 2 hafta. Boshqa variantlarni ham qoʻllash mumkin:

7 + 14 + 3;

14 + 10 va hokazo.

Shu bilan birga, хodimning toʻliq dam olishi nuqtai nazaridan ta’tilni juda qisqa qismlarga boʻlish tavsiya etilmaydi.

Ta’tilni qismlarga boʻlish dastlab ta’tillar jadvalida nazarda tutilishi mumkin. Yoki – хodim va ish beruvchi ta’til berishdan oldin bu haqda kelishib olishlari mumkin.

Agar ta’tilni qismlarga boʻlish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan, ta’tillar jadvali allaqachon tasdiqlangan boʻlsa, ish beruvchi:

хodimga oʻzi e’lon qilgan ta’tilning bir qismini berish uchun alohida buyruq (farmoyish) chiqaradi;

ta’tillar jadvaliga oʻzgarish kiritadi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 


 

 

Boshqa maqolalar

INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARINI HUQUQIY HIMOYA QILISH TIZIMI

personmaftuna 26-12-24, 14:49
0 INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARINI HUQUQIY HIMOYA QILISH TIZIMI YANADA TAKOMILLASHTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-959-son, 10.09.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va...

MAJBURIY NIKOH UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK BELGILANGAN?

personmaftuna 17-12-24, 10:57
0 MAJBURIY NIKOH UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK BELGILANGAN?

Nikoh tuzish uchun quydagi uchta shart bajarilgan bo‘lishi kerak. Bular, bo‘lajak er-xotinning roziligi, har ikkala...

MAHALLALAR FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRISH JAMGʻARMASI

personmaftuna 25-09-24, 01:10
0 MAHALLALAR FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRISH JAMGʻARMASI

Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha...

menu
menu