MUDDATLI MEHNAT SHARTNOMASI BOʻYICHA ISHLAYOTGAN ХODIM OʻZ VAQTIDA ISHDAN BOʻSHATILMAGAN BOʻLSA
Mehnat kodeksining 158-moddasiga ko‘ra, muddatli mehnat shartnomasi uning amal qilish muddati tugashi bilan bekor qilinadi. Ushbu asos boʻyicha mehnat munosabatlarini tugatishga qaror qilgan taraf boshqa tarafni mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirishi kerak. Bundan ish joyi (lavozimi) saqlanayotgan хodim yoʻq boʻlgan davrga tuzilgan muddatli mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugaydigan hollar mustasno.
Agar mehnat shartnomasining muddati tugaganidan keyin mehnatga oid munosabatlar davom etsa va taraflardan birortasi ham yuqorida koʻrsatilgan tartibda bir hafta davomida ularning tugatilishini talab qilmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Sodda qilib aytganda, agar mehnat shartnomasi tugagan vaqtdan buyon 1 haftadan koʻproq vaqt oʻtgan boʻlsa, хodim shu vaqt davomida oʻz majburiyatlarini bajargan boʻlsa, ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilmagan va taraflar bir-birlarini mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisida хabardor qilmagan boʻlsa, ushbu shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. Endi uni Mehnat kodeksining 158-moddasi asosida bekor qilish mumkin emas.
Bunday holda bunday mehnat shartnomasini faqat umumiy asoslarda, ya’ni Mehnat kodeksi va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa holatlar boʻyicha bekor qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORIDA HIYLA-NAYRANGNI OLDINI OLISH
personmaftuna 07-06-25, 20:13“Qimmatli qog'ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish” qoidalari Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi...
. “MENING BOGʻIM” LOYIHASI QANDAY MOLIYALASHTIRILADI?
personmaftuna 15-05-24, 01:42O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.03.2024-yildagi 156-son qarori bilan jamoatchilik fikri asosida...
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH BO‘LIMI SOHASIGA
personmaftuna 14-03-24, 06:14Nikoh tuzishning ixtiyorligi haqida nimani tushunasiz ? Javob: O`zbekiston Respublikasi OKning 14-moddasiga asosan...