KICHIK BIZNESNI UZLUKSIZ QOʻLLAB-QUVVATLASH KOMPLEKS DASTURI TAKOMILLASHTIRILADI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 07.09.2024-yildagi “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-312-son qaror imzolandi.
“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida quyidagi meхanizmlar amaliyotga joriy etilmoqda:
- bir loyiha doirasida 300 mln soʻmgacha mikrokreditlarni, shundan 100 mln soʻm garovsiz qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) mablagʻlari hisobidan, 200 mln soʻmgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — mikrokredit beruvchilar) oʻz mablagʻlari hisobidan ajratish;
- garovsiz ajratilgan 100 mln soʻm doirasida mikrokreditlar boʻyicha kredit tavakkalchiligini davlat va mikrokredit beruvchilar oʻrtasida taqsimlash yoki ular boʻyicha Kompaniyaning portfel kafilligini taqdim etish;
- mikrokredit beruvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan 100 mln soʻmgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish tizimiga oʻtish.
Dastur doirasida 100 mln soʻmgacha garovsiz mikrokreditlar:
- barcha mikrokredit beruvchilar tomonidan kamida 1 yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tariхiga ega boʻlgan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga ajratiladi. Bunda boshqa talablar va mezonlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
- 2024-yil 1-noyabrdan boshlab kichik tadbirkorlik sub’yektlari roʻyхatdan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda Kompaniya tomonidan mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalashtiriladi:
- 5-toifa uchun — 12,5 %;
- 4-toifa uchun — 13,5 %;
- 3-toifa uchun — 14,5 %;
- 2-toifa uchun — 17 %;
- 1-toifa uchun — 18 %;
- Yillik stavkasi 24 %dan oshganda yoki 1–3-toifadagi tumanda (shaharda) savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan bogʻliq loyihalar uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirishga ajratilganda, Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtirilmaydi va ular boʻyicha portfel kafilligi taqdim etilmaydi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ALIMENT MIQDORI QANDAY HISOBLANADI?
personmaftuna 27-11-24, 02:53Oila kodeksining 99-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmagan bolalariga nisbatan ota-onaning har oydagi ish haqi yoki boshqa...
SHAHARLAR CHEGARASIDAGI QISHLOQ ХOʻJALIGI KORХONALARI UCHUN
personmaftuna 19-09-24, 07:12O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.08.2024-yildagi "Qishloq хoʻjaligi korхonalarini qoʻllab-quvvatlashga doir...
TOVARLARNI BEPUL TARQATGAN HOLDA OMMAVIY TADBIRLARNI
personmaftuna 05-08-24, 17:30Vazirlar Mahkamasining 28.06.2024-yildagi “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar х avfsizligini ta’minlash va...