Kuzatuvchi » Siyosiy » NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAХSLARNING ODIL SUDLOVDAN FOYDALANISH HUQUQI QONUNDA MUSTAHKAMLAB QOʻYILDI

NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAХSLARNING ODIL SUDLOVDAN FOYDALANISH HUQUQI QONUNDA MUSTAHKAMLAB QOʻYILDI

05.09.2024-yildagi OʻRQ-955-son Qonun bilan Nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻgʻrisidagi Qonunga nogironligi boʻlgan shaхslarning saylash va saylanish, referendumda ishtirok etish, shuningdek ta’lim olish huquqlarini ta’minlash uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Davlat nogironligi boʻlgan shaхslarga boshqa fuqarolar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanishini ta’minlashi, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaхslarning sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan choralarni koʻrishi kerak.

Tuzatishlarga koʻra, nogironligi boʻlgan shaхslarning davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etish, shu jumladan ularning saylash va saylanish hamda referendumlarda ishtirok etish huquqi ta’minlanadi.

Davlat, shuningdek, saylov uchastkalarida nogironligi boʻlgan shaхslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan, oʻrindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaхslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlashi kerak.

Shuningdek, Qonun nogironligi boʻlgan shaхslar bilan muloqot qilish uchun foydalanish mumkin boʻlgan muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini nogironligi boʻlgan shaхslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi me’yorlar bilan toʻldirildi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

SHAXS QANDAY HOLLARDA O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI YO‘QOTADI ?

personmaftuna 30-09-24, 11:42
0 SHAXS QANDAY HOLLARDA O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI YO‘QOTADI ?

O‘zbekiston Respublikasining 13.03.2020-yildagi O‘RQ-610-son Qonunining 25-moddasiga asosan, O‘zbekiston...

ДАВЛАТ ОРГАНЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАРИНИНГ ОЧИҚЛИГИ МОНИТОРИНГ

personmaftuna 30-01-25, 02:17
0 ДАВЛАТ ОРГАНЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАРИНИНГ ОЧИҚЛИГИ МОНИТОРИНГ ҚИЛИНАДИ

Ҳукумат қарори (910-сон, 30.12.2024 й.) билан “Давлат органлари ва ташкилотларининг очиқликни таъминлаш соҳасидаги...

ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ МАҲСУЛОТЛАРИНИ ЕТИШТИРИШ ТИЗИМИ

personmaftuna 30-01-25, 02:15
0 ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ МАҲСУЛОТЛАРИНИ ЕТИШТИРИШ ТИЗИМИ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ

“Қишлоқ хўжалиги майдонларидаги қўшимча имкониятлардан фойдаланган ҳолда маҳсулот етиштиришни кўпайтиришга доир...

menu
menu