Kuzatuvchi » Siyosiy » RAQOBAT SOHASIDA BIRINCHI HUQUQBUZARLIK UCHUN – OGOHLANTIRISH

RAQOBAT SOHASIDA BIRINCHI HUQUQBUZARLIK UCHUN – OGOHLANTIRISH

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 04.09.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-954-son Qonun imzolandi.

Tovar va moliya bozorlaridagi raqobat masalalariga doir, shuningdek davlat yordami berilishini nazarda tutuvchi loyihalar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan majburiy tartibga kelishilishi kerak.

Tabiiy monopoliya sub’yekti tushunchasiga aniqlik kiritilmoqda: bu tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshiradigan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi.

Shuningdek, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past ta’sir darajasiga ega boʻlgan buzilishini birinchi marta sodir etgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi va unga bunday huquqbuzarlikning takroran sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohlantirish beriladi.

Jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qoʻllaniladi, bundan huquqbuzar sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani iхtiyoriy ravishda toʻlagan hollar mustasno.

Huquqbuzarlikning takroran sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohlantirish olish, shuningdek jarimani toʻlash raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga yoʻl qoʻygan shaхsni vakolatli davlat organining qarorini (taqdimnomasini, koʻrsatmasini) bajarish yoki raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etmaydi.


Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

OG'IR ATLETIKA SPORT TURI YANADA RIVOJLANTIRILADI

personmaftuna 26-03-24, 00:34
0 OG'IR ATLETIKA SPORT TURI YANADA RIVOJLANTIRILADI

“Og'ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-137-son,...

O‘QITUVCHILARNING TARIFIKATSIYA RO‘YXATINI SHAKLLANTIRISH

personmaftuna 08-08-25, 02:13
0 O‘QITUVCHILARNING TARIFIKATSIYA RO‘YXATINI SHAKLLANTIRISH MAQSADIDA UMUMTA’LIM MUASSASASI TOMONIDAN HAR YILI QANDAY MA’LUMOTLAR KIRITILGAN BO’LISHI KERAK

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi...

MEHNAT QONUNCHILIGIDA «INTIZOMIY JAZO»

personmaftuna 29-09-24, 17:10
0 MEHNAT QONUNCHILIGIDA «INTIZOMIY JAZO»

Xodimni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi Mehnat kodeksida belgilangan. Intizomiy javobgarlik – bu хodim...

menu
menu