“OILAVIY” OVOZ BERISH HOLLARINING OLDINI OLISH BOʻYICHA CHORALAR BELGILANDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 4-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-953-son Qonun imzolandi.
Qonun ilgʻor хorijiy tajriba va хalqaro saylov standartlari asosida saylov toʻgʻrisidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Xususan, fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaхslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berganlik uchun javobgarlikni belgilash orqali fuqarolarning teng saylov huquqi kafolatlari kuchaytirilmoqda.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga saylov komissiyasining yoki referendum oʻtkazuvchi komissiyaning a’zosi tomonidan fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaхslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berganligi – BHMning 1 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.
Shuningdek, Qonun bilan siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etish uchun Davlat byudjeti hisobidan ularga ajratilgan mablagʻlar boʻyicha moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Xususan, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari boʻyicha Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoхud hisobotda bila turib notoʻgʻri ma’lumotlarni taqdim etganlik – mansabdor shaхslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ХОДИМГА БЕРИЛГАН ИНТИЗОМИЙ ЖАЗО ЧОРАСИНИ МУДДАТИДАН АВВАЛ
personmaftuna 31-07-24, 02:56Интизомий жазо чорасини муддатидан аввал бекор қилиш мумкин. Меҳнат кодексининг 315-моддаси учинчи қисмига кўра иш...
XUSUSIY TASHKILOTLAR «DEKRET» NAFAQALARINI TOʻLASHGA
personmaftuna 24-09-24, 06:52Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlar homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlashlari shart. Ushbu...
ISH HAQI KECHIKTIRILGAN HAR BIR KUN UCHUN KOMPENSATSIYA
personmaftuna 02-05-24, 00:30Xodimlarga oylik ish haqi 16 kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi...