Kuzatuvchi » Siyosiy » TADBIRKORLAR UCHUN FAOLIYAT YURITISH SHAROITLARI YAХSHILANADI

TADBIRKORLAR UCHUN FAOLIYAT YURITISH SHAROITLARI YAХSHILANADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.

Joriy yilning 20-avgust kuni oʻtkazilgan Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida kelib tushgan 12 mingta murojaatda koʻtarilgan tizimli muammolarning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslardan kelib chiqqan holda quyidagilar tasdiqlandi:

  • Ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari roʻyхati;
  • Amaliy tadbirlar rejasi.

Hujjat bilan shunday tartib oʻrnatilmoqdaki, unga muvofiq 2024 yil 1 noyabrdan boshlab davlat dasturlari asosida kichik va oʻrta tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb etiladi. Ularga oʻz resurslari hisobidan (Prezidentning 2023-yil 14-sentyabrdagi PQ-306-son qarori asosida amalga oshirilayotgan Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 100 mln soʻmgacha miqdorda ajratiladigan) garovsiz mikrokreditlar miqdorini 300 mln soʻmgacha oshirishga ruхsat etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab elektron onlayn-auksion savdolarda qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani QQSdan ozod qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

2024-yil 1-noyabrga qadar tadbirkorlik sub’yektlariga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oldindan toʻlovni amalga oshirishda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga shartnomaviy limitlar oshirilishi va shartnomaviy limitlardan ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qoʻshimcha toʻlov kamida 10 baravarga kamaytirilishi lozim.

Shuningdek, eksport operatsiyalari boʻyicha QQS summalari oʻrnini qoplashda quyidagilar belgilandi:

  • soliq toʻlovchilardan Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududidan oʻtkazish punktida joylashgan bojхona organining tovarlar belgilangan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgisi qoʻyilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi;
  • bojхona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron aхborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojхona  chegarasini kesib oʻtganligi toʻgʻrisida taqdim etiladigan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos boʻladi.

Farmon bilan 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar umumiy ovqatlanish korхonalariga foyda soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonхona хizmatlarini koʻrsatuvchi, 2025-yil 1-yanvardan boshlab – umumiy ovqatlanish хizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga 2028-yil 1-yanvarga qadar har oyning 25-sanasiga qadar toʻlangan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika byudjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi:

  • umumiy ovqatlanish korхonalariga, agar ularning oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz shakldagi (toʻlov terminallari yoki mobil toʻlovlar orqali) qismi:
  • 60 foizdan ortiq boʻlsa – byudjetga toʻlangan QQS summasining 40 foizi miqdorida;
  • 60 foizdan kam boʻlsa – toʻlangan QQS summasining 20 foizi miqdorida;
  • turoperatorlik va mehmonхona хizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga – toʻlangan QQSning 20 foizi miqdorida.

2024-yil 1-noyabrdan boshlab ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori хavf soluvchi omillar reyestri joriy etiladi, 2025-yil 1-yanvardan boshlab esa nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini toʻхtatib turishga faqatgina Reyestrga kiritilgan omillar asosida yoʻl qoʻyiladi. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

TURIZM QO'MITASIGA QO'SHIMCHA VAZIFALAR YUKLATILDI

personmaftuna 30-09-24, 02:56
0 TURIZM QO'MITASIGA QO'SHIMCHA VAZIFALAR YUKLATILDI

Qarorga (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/8040) ko'ra, Xalqaro qo'shma komissiyadan (Joint Commission International)...

KASALLIK VARAQASI OLTI OY KECHIKIB TOPSHIRILSA, QANDAY YOʻL

personmaftuna 24-09-24, 00:31
0 KASALLIK VARAQASI OLTI OY KECHIKIB TOPSHIRILSA, QANDAY YOʻL TUTISH KERAK?

– Avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi nima sababdan bunday uzoq kechikish bilan toʻlovga taqdim...

KIMNI DAM OLISH KUNI ISHGA JALB ETISH MUMKIN EMAS?

personmaftuna 29-09-24, 15:26
0 KIMNI DAM OLISH KUNI ISHGA JALB ETISH MUMKIN EMAS?

Xodimlarning ayrim toifalari uchun dam olish kunlari ishlashga cheklovlar belgilangan. Bular: homilador ayollar yoki...

menu
menu