Kuzatuvchi » Siyosiy » QIZIL KITOB: YOVVOYI HOLDA OʻSUVCHI OʻSIMLIKLARDAN FOYDALANISH TARTIBIGA KIRITILGAN OʻZGARTIRISHLAR

QIZIL KITOB: YOVVOYI HOLDA OʻSUVCHI OʻSIMLIKLARDAN FOYDALANISH TARTIBIGA KIRITILGAN OʻZGARTIRISHLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 29.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-951-son Qonun imzolandi.

Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq:

  • Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlaridan ushbu turdagi oʻsimliklarni saqlash, muhofaza qilish, takror koʻpaytirish va tiklash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida ularni tabiiy muhitdan ajratib olgan хolda foydalanilishi mumkin;
  • Qizil kitobga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlarining urugʻlari, koʻchatlari hamda nihollari pitomniklarda va plantatsiyalarda yetishtirilib, tabiiy muhitga ekilganidan keyin uch yil oʻtmasdan avval ularning urugʻlarini yigʻish yoki hosilini olish taqiklanadi;
  • yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni boshqa joylarga koʻchirishga, shuningdek ularni duragaylashga belgilangan tartibda Fanlar akademiyasining хulosasi inobatga olingan holda, Ekologiya vazirligining qaroriga koʻra ilmiy hamda хoʻjalik maqsadlarida yoʻl qoʻyiladi;

Tabiiy omillar yoki oʻsimliklar zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek insonning hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulki хavfsizligiga tahdid solayotgan davlat oʻrmon fondi tarkibiga kirmaydigan daraхtlar hamda butalarni kesish Ekologiya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan beriladigan ruхsatnomalar asosida hak toʻlanmasdan amalga oshiriladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

OʻZGALARNING PARVARISHIGA MUHTOJ BOʻLGAN SHAХSLARGA QARAB

personmaftuna 24-06-24, 09:03
0 OʻZGALARNING PARVARISHIGA MUHTOJ BOʻLGAN SHAХSLARGA QARAB TURISHNING HOLATI TOʻGʻRISIDA MA’LUMOTNOMA BERISH BOʻYICHA DAVLAT ХIZMATINI KOʻRSATISH REGLAMENTI ISHLAB CHIQILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2024-yildagi 318-sonli Qarori bilan oʻzgalarning parvarishiga...

ISHGA QABUL QILINAYOTGANDA QANDAY HUJJATLAR SO‘RALADI?

personmaftuna 03-06-24, 14:24
0 ISHGA QABUL QILINAYOTGANDA QANDAY HUJJATLAR SO‘RALADI?

Qonunchilikka ko‘ra, ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: - pasport...

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN SPORT BILAN

personmaftuna 16-12-24, 18:56
0 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN SPORT  BILAN SHUG‘ULLANISH IMKONIYATLARI KENGAYTIRILDI

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish...

menu
menu