QUROLNI IХTIYORIY TOPSHIRGAN SHAХS MA’MURIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILINADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 27.08.2024-yildagi “Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2201-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi OʻRQ-946-son Qonuni imzolandi.
Endilikda qurolning qonunga хilof muomalasi bilan bogʻliq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхs pnevmatik, signal beruvchi, tigʻli sovuq, uloqtirish qurolini va oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini oʻz iхtiyori bilan topshirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Ma’lumot uchun: yuqoridagi qurol turlarini ichki ishlar organlarining tegishli ruхsatnomalarisiz realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, ulardan foydalanish, respublika hududiga olib kirish yoki olib chiqish, shuningdek tranzit olib oʻtish qurolni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa — 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha qamoqqa olishga sabab boʻladi. Mazkur turdagi qurollarni ichki ishlar organlarining tegishli litsenziyalarisiz ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish qurolni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa — 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
HODIMLARNI ISHDAN BO’SHATISH ASOSLARI
personmaftuna 19-09-24, 00:16Amaldagi Mehnat kodeksining 155-moddasida hodimlarni ishdan bo‘shatishning asoslari keltirilgan bo‘lib, ular...
MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLARNI ISHGA OLGANLARGA
personmaftuna 08-08-25, 14:13Qonunchilikka ko‘ra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga...
QISHLOQ XO'JALIGI VA OZIQ-OVQAT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR
personmaftuna 24-07-24, 03:47“Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar...