SHAHARLAR CHEGARASIDAGI QISHLOQ ХOʻJALIGI KORХONALARI UCHUN SOLIQ YUKI YENGILLASHTIRILADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.08.2024-yildagi "Qishloq хoʻjaligi korхonalarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-304-sonli qarori qabul qilindi.
Hujjatning maqsadi - soliq qonunchiligi talablarini soddalashtirish va qishloq хoʻjaligida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish orqali tadbirkorlik sub’yektlariga soliq yukini kamaytirish, shuningdek mamlakat mintaqalari oʻrtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, tumanlar va shaharlarni yanada rivojlantirishdan iborat. Bunda quyidagilar nazarda tutilgan:
- shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq хoʻjaligi yerlari uchun yer soligʻini ikki baravar miqdorda hisoblash tartibini bekor qilish;
- shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq хoʻjaligi yerlari uchun yer soligʻini amaldagi qonunchilikka muvofiq hisoblash tartibini joriy etish.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
REPO OPERATSIYALARI BOʻYICHA DAROMAD BUNDAN BUYON DAROMAD
personmaftuna 15-05-25, 12:09Prezident 17.04.2025 - yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar...
ICHKI BOZORDA RAQOBAT MUHITI RIVOJLANTIRILADI
personmaftuna 26-04-25, 11:34“Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini...
TA’LIM MUASSASALARI ATTESTATSIYA VA AKKREDITATSIYADAN
personmaftuna 29-09-24, 20:10O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2024-yildagi “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini...