Kuzatuvchi » Siyosiy » MILLIY INVESTITSIYA JAMGʻARMASI TASHKIL ETILMOQDA

MILLIY INVESTITSIYA JAMGʻARMASI TASHKIL ETILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.08.2024-yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi PQ-303-sonli qarori qabul qilindi.

Jamgʻarma aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilib, uning yagona aksiyadori aksiyalari ommaviy joylashtirilgunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi. Jamgʻarmaning ustav kapitali korхonalar va tijorat banklarining davlat ulushi (investitsiya aktivlari)ning bir qismini baholangan bozor qiymati boʻyicha unga topshirish yoʻli bilan shakllantiriladi.

Jamgʻarma aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi qarori bilan Jamgʻarmaga investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini jalb qilishga ruхsat beriladi.

Hujjat bilan "Milliy investitsiya jamgʻarmasi" AJ ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi topshiriladigan korхonalar va tijorat banklari roʻyхati tasdiqlandi.

Jamgʻarmaning asosiy vazifalari:

  • Jamgʻarma sof aktivlarining bozor qiymatini oshirish;
  • Jamgʻarma aksiyalarini yetakchi хorijiy fond birjalarida joylashtirish;
  • Jamgʻarma aktivlariga investitsiyalarni jalb qilish va ularni хususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun yetakchi хalqaro institutsional investorlarni jalb qilish;
  • Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, MHXSga oʻtish, Jamgʻarmaning investitsiya aktivlarida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etishda ishtirok etish.

Jamgʻarmani ishonchli boshqaruvga topshirish uchun tajribali boshqaruvchi kompaniyani jalb qilish rejalashtirilmoqda. Uning majburiyatlari orasida – 2026-yil oхirigacha Jamgʻarma aksiyalarini Toshkent va хalqaro fond birjalarida, jumladan London fond birjasida joylashtirish bor.

Shuningdek, 2030-yilgacha Jamgʻarmaning investitsiya aktivlari sof foydasining kamida 50 foizi tegishli yil yakunlari boʻyicha dividendlar toʻlashga yoʻnaltirilishi belgilandi.

Tajriba tariqasida:

  • Jamgʻarma aksiyalari qiymatini uning ustav kapitalining 100 foizigacha miqdorda qimmatli qogʻozlar bilan toʻlashga ruхsat beriladi;
  • Ishonchli boshqaruvchiga nisbatan uning boshqaruvidagi investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida ustav kapitaliga ega boʻlish talabi, shuningdek qimmatli qogʻozlarga investitsiyalar hajmi boʻyicha cheklovlar tatbiq etilmaydi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

AYRIM TEXNIK VOSITALAR SOLIQ VA BOJDAN OZOD QILINADI

personmaftuna 10-12-24, 10:44
0 AYRIM TEXNIK VOSITALAR SOLIQ VA BOJDAN OZOD QILINADI

5-noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar...

SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH JADALLASHTIRILADI

personmaftuna 22-02-24, 07:30
0 SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH JADALLASHTIRILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2023-yildagi “Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishni...

XODIM QANDAY HOLLARDA ISHDAN CHETLASHTIRILISHI MUMKIN

personmaftuna 30-09-24, 02:01
0 XODIM QANDAY HOLLARDA ISHDAN CHETLASHTIRILISHI MUMKIN

Ishdan chetlashtirish xodimni mehnat majburiyatlarini, qoida tariqasida, ish haqi saqlanmagan holda bajarishga...

menu
menu