Kuzatuvchi » Siyosiy » PAXTA XOM ASHYOSI ISHLAB CHIQARUVCHILARIGA KREDIT BERISH SHARTLARI OʻZGARTIRILDI

PAXTA XOM ASHYOSI ISHLAB CHIQARUVCHILARIGA KREDIT BERISH SHARTLARI OʻZGARTIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.08.2024-yildagi PF-119-sonli Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Prezidentning 22.07.2024-yildagi PF-103-sonli Farmoniga muvofiq, paxta hosilini sotib olish va sotishning yangi tizimi shaffof, toʻlaqonli va adolatli ishlashini ta’minlash, paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarning manfaatdorligini oshirish boʻyicha Respublika shtabining taklifiga koʻra:

  • Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kredit resurslari hisobidan paxta-toʻqimachilik klasterlari va toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalarga fyuchers shartnomalari boʻyicha ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini yigʻib olish uchun kreditlar ajratiladi;
  • Kredit miqdori paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi – 2 foiz) 10 oy muddatga, shu jumladan uch oylik imtiyozli davr bilan, keyingi 7 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.12.2023-yildagi "Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-205-sonli Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining 25.12.2023-yildagi 680-sonli qarori bilan tasdiqlangan Paxta xom ashyosi yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash toʻgʻrisidagi nizomga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda. 


Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

САМАРҚАНДДА “НУРОБОД ТЕХНОПАРКИ” МАХСУС САНОАТ ЗОНАСИ

personmaftuna 26-09-25, 17:33
0 САМАРҚАНДДА “НУРОБОД ТЕХНОПАРКИ” МАХСУС САНОАТ ЗОНАСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Самарқанд вилоятида “Нуробод технопарки” махсус саноат зонасини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент...

BILASIZMI?

personmaftuna 29-04-24, 01:38
0 BILASIZMI?

O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha ta’tillar...

KAM TA’MINLANGAN OILALARGA DAVLAT XISOBIDAN YURIDIK YORDAM

personmaftuna 29-06-24, 09:05
0 KAM TA’MINLANGAN OILALARGA DAVLAT XISOBIDAN YURIDIK YORDAM KO‘RSATILADI

O‘RQ-848-son Qonunga ko‘ra, ➖ “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan shaxslarga fuqarolik ishlari bo‘yicha...

menu
menu