Kuzatuvchi » Siyosiy » OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALARNING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH

OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALARNING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH

Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi

  • ota-ona vafot etganda;
  • ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ota-onalik huquqi cheklanganda;
  • ota-ona muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
  • ota-ona kasal bo‘lganda;
  • ota-ona uzoq muddat bo‘lmaganda;
  • ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda (ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda);
  • ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda.
  • Vasiylik va homiylik organlari ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlaydi, bunday bolalarni hisobga oladi va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan har bir holatga qarab, bolalarni joylashtirish shakllarini tanlaydi, shuningdek bundan buyon ularga ta’minot berish, ularni tarbiyalash va ularga ta’lim berish shart-sharoitlarini nazorat qilib boradi.
  • Tashkilotlarning (maktabgacha ta’lim tashkilotlarining, umumta’lim muassasalarining, davolash muassasalarining va boshqa muassasalarning), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari va boshqa fuqarolar bolalar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganligidan xabardor bo‘lgach, 7 kunlik muddat ichida bu haqda bolalar haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar berishlari shart.
  • Vasiylik va homiylik organi bunday ma’lumotlarni olgan kundan e’tiboran 3 kun ichida bolaning turmush sharoitini tekshirib chiqishi va bunda bolaning ota-ona yoki qarindoshlari qaramog‘idan mahrum bo‘lganligi aniqlansa, uni joylashtirish masalasi hal bo‘lguniga qadar bolaning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashi shart.

 

 

Temur RAJABOV,

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

 

Boshqa maqolalar

АВАРИЯ ИШОРАСИ "АВАРИНКА" ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА ЁҚИЛИШИ КЕРАК ?

personmaftuna 30-09-24, 06:18
0 АВАРИЯ ИШОРАСИ "АВАРИНКА" ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА ЁҚИЛИШИ КЕРАК ?

Вазирлар Маҳкамасининг 172-сон қарори билан тасдиқланган “Йўл ҳаракати қоидалари”га кўра, бурилишни кўрсатувчи барча...

PROKURORNING AYRIM FUQAROLIK VA IQTISODIY ISHLARDAGI

personmaftuna 21-02-25, 10:00
0 PROKURORNING AYRIM FUQAROLIK VA IQTISODIY ISHLARDAGI ISHTIROKI BOʻYICHA VAKOLATLARI BELGILANDI

O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30.09.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun...

TASHABBUSLI BYUDJET JARAYONLARIDA XALQ VAKILLARI VA

personmaftuna 17-09-25, 17:00
0 TASHABBUSLI BYUDJET JARAYONLARIDA XALQ VAKILLARI VA SAYLOVCHILAR O‘RTASIDA HAMKORLIK KUCHAYTIRILADI

“Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o'rtasida hamkorlikni...

menu
menu