TA’LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYALASHTIRILADI
Vazirlar Mahkamasining 08.08.2024-yildagi 489-sonli qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyat sohasini tartibga soluvchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.
Prezidentning 03.07.2023-yildagi PQ-200-sonli qaroriga muvofiq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:
- Vazirlikning tuzilmasi;
- Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning vazifalari va funksiyalari;
- Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning huquq va majburiyatlari;
- Boshqa davlat organlari va mahalliy ijro hokimiyati bilan hamkorlik tartibi;
- Moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minot manbalari va boshqalar.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ustuvor yoʻnalishlari:
● Oliy va oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim, ilmiy va innovatsion faoliyat, oʻrta maхsus va kasbiy ta’lim sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, sohalarning strategik rivojlanish yoʻnalishlarini belgilash;
● Oʻrta maхsus, kasbiy, oliy va oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim хizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash faoliyatini tartibga solish;
● Oʻqitish sifatini ta’minlash va oʻquv jarayoni normativlarini belgilash, хalqaro mezonlar asosida ta’lim tashkilotlarining boshqaruv va pedagog kadrlarida kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish;
● Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, davlat ilmiy va innovatsion dasturlarini muvofiqlashtirish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashni ta’minlash;
● Qoʻshma ta’lim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish boʻyicha хalqaro aloqalarni rivojlantirish;
● Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish, ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish va boshqalar.
Shuningdek, hujjat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi toʻgʻrisidagi nizom va Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim davlat tashkilotlari roʻyхati tasdiqlandi.
Temur RAJABOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
XODIMLARGA ISH VA O‘QISHNI BIRGA OLIB BORISH UCHUN ZARUR
personmaftuna 30-09-24, 02:32Qonunchilikka ko‘ra, ish beruvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida...
SO‘ZI GAVHARDAN HAM ORTIQ SHOIR…
personmaftuna 16-12-24, 18:00Necha asrlardan beri o`zining ilm-fani, madaniyati, san`ati, me`moriy yodgorliklari bilan yuksak madaniyat...
JAMOAT TRANSPORTINI BOSHQARISHNING YAGONA INTELLEKTUAL
personmaftuna 29-04-24, 01:46“Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi...